The Wall Street Journal naşrining vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berişiça, jarima qiymati 975 mln dollardan oşişi mumkin.
Bungaça Xitoyda solingan rekord jarima 975 mln dollarni taşkil qilgan va uni 2015 yilda AQŞning Qualcomm kompaniyasi Xitoyning monopoliyaga qarşi qonunlarini buzgani uçun tölagan. Uşbu jarima Xitoy tarixidagi eng yirik jarima hisoblanadi.
Bundan taşqari, Alibaba uning onlayn-platformasida mahsulot sotuvçi kompaniyalar bilan eksklyuziv şartnomalar tuziş amaliyotidan voz keçişiga töğri kelişi mumkin. Mutasaddi idoralarning fikriça, kompaniya şunday yöl bilan öz mahsulotlarini Alibaba’ga raqobatçi platformalarda, jumladan JD.com’da sotgan kompaniyalarni faqat özi bilan işlaşga majbur qilgan.
Xitoy rasmiy idoralari Alibaba’ning onlayn-savdo bilan boğlanmagan boşqa aktivlari sotilişi imkoniyatini ham körib çiqişmoqda. Kompaniya vakillari WSJ’ga izoh berişdan boş tortişgan. Xitoyning bozorni tartibga soliş böyiça davlat boşqarmasi ham uşbu vaziyat böyiça murojaatga javob bermagan.
2020 yil oxirida Alibaba rahbari Jyek Ma Xitoy moliya idoralari faoliyatini tanqid qilgandan keyin kompaniya va uning şu'ba korxonasi Ant Group mutasaddi idoralar e'tiboriga tuşgandi. Jumladan, noyabrda Ant Group aksiyalarining Şanhay va Hongkong birjalarida ilk sotuvga çiqarilişi töxtatilgan va Alibaba ortidan moliyaviy nazorat kuçaytirilgan. Rasmiy ma'lumotlarga köra, IPO bekor qilinişiga kompaniya hukumat talablariga javob bermasligi mumkinligi sabab bölgan.
Alibaba Xitoyning eng yirik onlayn-reteyleri hisoblanadi. 2020 yilda 780 mln kişi kompaniya platformalari orqali xarid amalga oşirgan.








