Kutib oliş. Farq
Sadir Japarov Özbekistonga kelişdan avval Qozoğiston va Rossiyaga bordi. Özbekistonda u şunçalik yaxşi kutib olindiki, tabiiyki, odamlar oldingi kutib olişlar bilan taqqoslay boşlaşdi. Qirğiziston prezidentini kutib oliş uçun aeroportga şaxsan hukumat rahbari, boş vazir Abdulla Aripov çiqdi. Qozoğistonda uni taşqi işlar vaziri kutib olgandi. Rossiyada esa kutib olgan odam kim ekani ham aytilmadi va bu haqda turli xunuk miş-mişlar ham tarqalgandi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Japarovning Rossiya va Özbekistonda kutib olinişining yana bir jihatiga e'tibor qaratişdi. Prezident bölgaç, kortejlardan voz keçişini aytgan Japarovga Rossiya hukumati tomonidan uçta yengil maşina va qöriqçilar uçun bitta mikroavtobus ajratildi. Özbekistonda esa Japarov uçun yanada katta kortej ajratildi.

Aslida bu e'tibor beradigan narsa emas, lekin odamlarning nazaridan çetda qoladigan holat ham emasdi.
Japarovning Özbekistonga taşrifining birinçi kunida rasmiy uçraşuvlardan keyin öziga xos bayram ötkazildi. Unda qirğizça qöşiqlar aytildi, qirğiz millatining an'analari yodga olindi, mamlakatda yaşayotgan qirğiz millati vakillari Japarov bilan suhbatlaşdi.
Taşrifning ikkinçi kunida Özbekiston Qirğizistonga beğaraz yordam sifatida 20ta zamonaviy jihozlangan tez yordam maşinalarini sovğa qildi. Şuningdek, Japarovga Özbekistonda işlab çiqarilayotgan maşinalar, avtobuslar va turli xil texnikalar körsatildi. U Özbekiston prezidenti bilan birga Faxriy mehmonlar xiyoboniga köçat ötkazdi va bu ikki millat örtasidagi munosabatlar yanada yaxşilanişiga umid sifatida qaraldi.
Özbekistonning Qirğiziston bilan munosabatlari doim dolzarb bölib kelgan. Çegaradoş bilan örtada köngilsiz voqealar bölgani ham yaşiradigan narsa emas, şu sabab Qirğizistonga bölgan iliq munosabat nafaqat davlat sifatida Özbekiston uçun, balki Qirğizistonda yaşayotgan özbeklar uçun ham katta ahamiyatga ega. Şu jihatdan qaraydigan bölsak, Japarov kutib olinganda, uning taşrifi davomida körsatilgan yuksak mehmondöstlik olqişlaşga munosib iş.
Qanday kelişuvlarga erişildi?
11 mart kuni Şavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov iştirokida tor doirada va ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokidagi keng doiradagi muzokaralar yakunlangaç, imzolangan hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi. Taşrif doirasida köp qirrali Özbekiston—Qirğiziston şerikligining deyarli barça yönalişlarini qamrab olgan 22ta hujjat imzolandi.










