Norma’ning yozişiça, nizom respublikada Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot işlab çiqariş, tartibga soliş va muvofiqlaştiriş tizimlarini rivojlantiriş, qişloq va örmon xöjaligi mahsulotlari sifat va xavfsizlik körsatkiçlarini yaxşilaş, eksport geografiyasini kengaytiriş maqsadida qabul qilindi.
Nizom bilan quyidagilar tartibga solinadi:
- organik qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişni ixtiyoriy sertifikatlaşni taşkil etiş;
- organik qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişni ixtiyoriy sertifikatlaşda ötiş davri tartib-taomillari;
- muvofiqlikni baholaş organi tomonidan inspeksiya nazoratini amalga oşiriş;
- organik muvofiqlik sertifikatini rasmiylaştiriş, amal qilişini töxtatib turiş, tugatiş va bekor qiliş, organik muvofiqlik sertifikatini qayta rasmiylaştiriş tartibi.
Organik qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişni ixtiyoriy sertifikatlaştirişdan ötkaziş doirasi quyidagilardan iborat:
- qayta işlanmagan qişloq xöjaligi ekinlari;
- organik qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş talablariga muvofiq yetiştirilgan va ularda olingan naslli hayvonlardan, asalarilardan, parrandalardan olinadigan mahsulotlar (qayta işlangan mahsulotlar bundan mustasno);
- qayta işlangan qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari;
- hayvonlar ozuqa yemi sifatida qayta işlangan qişloq xöjaligi mahsulotlari;
- ösimlik uruğlari va ekiş materiallari;
- qöllaniladigan öğitlar va ösimliklarni himoya qiliş vositalari hamda preparatlari.
Nizom talablari texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiq yetiştirilgan hamda qayta işlangan qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga, şuningdek Global G.A.P., ISO 22000, NACCP, Nalal xalqaro standartlar talablariga asosan sertifikatlangan hamda markirovkalangan qadoqlardagi mahsulotlarga tatbiq etilmaydi.
Organik qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş tasdiqlangan sxema böyiça ixtiyoriy sertifikatlaştirişdan ötkaziladi.












