Yiğilişda jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonida birinçi navbatda texnik tartibga soliş tizimi töliq xalqaro talablarga mos bölişi şartligi qayd etildi. Avvalo, mahsulotni baholaşda korxona faoliyatini tekşiriş amaliyoti tadbirkorlar noroziligiga sabab bölayotgani körsatib ötildi. Amaldagi tartibga köra, talabga javob bermaydigan mahsulot aniqlanganda, uning aylanmasi emas, uni işlab çiqargan tadbirkorning faoliyati çeklanmoqda.
Rivojlangan davlatlar tajribasida xavf-tahlilga asoslangan bozor nazorati tizimi amal qiladi. Bunda işlab çiqaruvçi mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalaş orqali barça mas’uliyatni öz zimmasiga oladi, sifat va xavfsizlikni kafolatlaydi.
Şu munosabat bilan davlat nazoratidan bosqiçma-bosqiç voz keçilib, bozor nazorati tamoyillariga ötiladi. Buning uçun “Bozor nazorati töğrisida” alohida qonun loyihasi işlab çiqildi.

Eskirgan standartlar va samarasiz texnik reglamentlardan voz keçiş va töliq xalqaro standartlarga ötiş zarurligi körsatib ötildi. Hozir 33 mingdan ortiq standart mavjud bölib, ularning 50 foizi eskirgan yoki xalqaro talablarga mos emas.
Şu bois, 6 ta texnik reglament bekor qilinadi, 29 tasi qayta körib çiqiladi. Joriy yilda 4 ming 460 ta, kelgusi yilda 2,5 mingdan ziyod, 2028 yilda esa 817 ta xalqaro standartni qabul qiliş maqsad qilingan.
2026 yil 1 iyuldan töqimaçilik, çarm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, 2027 yildan boşlab neft-gaz, metallurgiya, transport, quriliş mahsulotlari, tibbiy buyumlar, 2028 yildan boşlab esa energetika, kimyo, ekologiya va xizmat körsatiş sohalarida işlab çiqariş va xizmat körsatişni töliq xalqaro standartlar asosida taşkil etiş rejalari ma’lum qilindi.
Sertifikatsiya jarayonini yanada soddalaştiriş zarurligi qayd etildi. Hozirgi murakkab tizim tannarx asossiz oşişiga, byurokratiya va korrupsiyaga şaroit yaratayotgani körsatib ötildi. Xavf-tahlil asosida baholaş tizimi joriy etilib, qolgan tovar pozitsiyalari böyiça ham majburiy sertifikatlaşni bekor qiliş va bosqiçma-bosqiç deklaratsiyalaşga ötkaziş taklif qilindi. “Mahsulotning umumiy xavfsizligi töğrisida”gi qonun loyihasini qabul qiliş maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.













