12 mart kuni Özbekistonda 89 kişida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Yangi kasallaniş holatlarining 4tasi Qoraqalpoğiston Respublikasida, 3tasi Andijon, 1tasi Samarqand, 2tasi Xorazm, 9tasi Toşkent viloyatlarida va 70tasi Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

“Keça kun davomida Andijon viloyatida 7 nafar, Toşkent viloyatida 12 nafar, Toşkent şahrida 49 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 79145 nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 99 foizni taşkil qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma'lumot berilişiça, respublikada koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80481 nafarni taşkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 714 nafar bemordan 148 nafari oğir, 27 nafari esa öta oğir ahvoldaligi ma'lum qilingan.