O‘zbekiston | 16:15 / 15.03.2021
11416
2 daqiqa o‘qiladi

Zamin fondi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirmoqda 

Buxoro viloyatidagi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun 123-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida «Zamin Education» sinfi ochildi.

Fond xabariga ko‘ra, bu yerda o‘quvchilar axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarni egallaydi, Scratch, Arduino, Minecraft dasturlash tillari va robototexnika asoslarini o‘rganadi.
 
Loyihani 2021 yilda amalga oshirish davomida 234ta kompyuter va 18ta interaktiv doska eshitish qobiliyati zaif va kar bolalar uchun 18ta ixtisoslashtirilgan maktabning barchasida o‘rnatiladi. «Zamin Education» sinflari uchun zamonaviy metodologiya ishlab chiqilgan bo‘lib, maktab o‘qituvchilari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirdi.


 
Shuningdek, eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish dasturi doirasida maktab yordamchi uskunalar, jumladan zamonaviy FM tizimlari bilan ta'minlanadi. 

Respublika pediatriya markazi shifokorlari tomonidan maktab o‘quvchilarining diagnostikasi o‘tkazilib, ular asosida 215 nafar o‘quvchiga 2tadan eshitish vositasi beriladi va 4ta koxlear implantatsiya amalga oshiriladi.

Mavzuga oid