Biometrik şaxsiy maʼlumotlarni yiğiş böyiça sinov boşlanganidan buyon 70 mingga yaqin xorijlik çegara punktlari orqali Rossiyaga kiritilmadi. Mamlakatga kiriş uçun jami 14 million kişi biometrik maʼlumot topşirgan. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur amaliyot 2024-yil 1-dekabrdan beri amal qilmoqda. Mamlakatga kirayotganlar çegara nazorati vaqtida ikki parametr - fotosurat va barmoq izlari böyiça identifikatsiya qilinadi. Ular nazorat-ötkaziş punktlarida topşiriladi.
“Tizim nafaqat biometrik maʼlumotlarni yiğişga, balki kiriş taqiqlanganidan söng mamlakatni tark etib, şaxsiy maʼlumotlarini özgartirgan va Rossiyaga qayta kirişga uringanlarni aniqlaşga ham yordam beradi”, - deb taʼkidladi matbuot xizmati.
Dastlab tajribada Moskvaning Şeremetyevo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlari hamda Orenburg viloyatidagi Maştakovo avtomobil nazorat-ötkaziş punkti iştirok etgan. 2025-yil 1-maydan boşlab ularga Vnukovo aeroporti ham qöşildi. 2026-yil iyun oyida esa Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Yekaterinburg şaharlari, şuningdek, Oltoy ölkasi, Irkutsk, Kurgan, Novosibirsk, Saratov, Orenburg va Omsk viloyatidagi yana 11 ta nazorat-ötkaziş punkti biometrik maʼlumotlarni yiğiş tizimlari bilan jihozlandi.













