«Bu masalani Federatsiya kötarib çiqqan va bu borada öz munosabatimizni bildirganmiz. Issiq suv ta'minotida şunday tartibki, jömrakni oçgan vaqtida me'yordagi 55 daraja haroratdagi suv tuşmasa, bevosita Issiq suv korxonasiga borib, yozma ariza bilan murojaat qiliş mumkin. Şunda, korxona mutaxassislari xonadonga kelib, sovuq suv tuşiş daqiqasini hisoblaşadi va uni kunlik issiq suv iste'moli miqdoriga proporsional tarzda qayta hisoblab berişadi», - dedi Inomjon Toğayev. 

Uning aytişiça, aslida bunday qayta hisob-kitob qiliş amaliyotda bor, fuqarolarda ham bunday huquq mavjud, biroq fuqarolar juda kamdan kam hollarda murojaat qilişlari kuzatiladi. 

«Şu bilan birga, birinçi qavatdagi iste'molçiga kamroq, köp qavatli uylarning, deylik, 9-qavatidagi xonadonga issiq suv aylanişini inobatga olgan holda köproq çegirma beriş mumkin», - deya ta'kidladi Toğayev.