Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya ikki davlat hududi orqali to‘siqsiz yuk tashishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi
Joriy yilning 16 mart kuni Moskva shahrida O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraislari, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv kun tartibi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 2020 yil 12 oktyabrda bo‘lib o‘tgan 21-yig‘ilishi yakunida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishi tahlil qilindi.
Iqtisodiy sheriklikni yuksaltirishga oid konstruktiv takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ikki mamlakat vazirliklari va idoralari sa'y-harakatlarini faollashtirishga kelishildi. Buning uchun yaqin kelajakda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida tegishli yo‘nalishlarda quyi komissiyalar yig‘ilishlari tashkil etiladi.
Tomonlar ikki davlat hududi orqali to‘siqsiz yuk tashishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, savdo aylanmasini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish imkonini beradigan tarif va notarif tartibga solish usullarini birlashtirishning istiqbolli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni davom ettirishga kelishib oldi.
Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, qolaversa, yangi investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari ishlab chiqish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarning kengaytirilgan tarkibdagi muntazam muzokaralarini o‘tkazish amaliyotini tizimli ravishda davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026