Xitoy prezidenti Si Tszinpin Xitoy Kommunistik partiyasining moliyaviy maslahat va muvofiqlaştiruvçi qömitasi yiğilişida köplab ma'lumotlar va iqtisodiy qudratga ega bölgan Internet-kompaniyalari ustidan nazoratni kuçaytiriş, monopoliyalarga qarşi kuraş va kapitalning nazoratsiz köpayişining oldini oliş böyiça körsatma berdi.
«Ba'zi platforma kompaniyalari nostandart tarzda rivojlanmoqda va bu xavfli. Böşliqlarni öz vaqtida töldiriş uçun platforma iqtisodiyotini tartibga soluvçi qonunlarni takomillaştirişni tezlaştiriş kerak», deya yiğiliş bayonnomasidan parça keltirgan Xitoyning CCTV telekanali.
Internet-kompaniyalar ma'lumotlar xavfsizligini yaxşilaşlari va ularning moliyaviy faoliyati nazorat qiluvçi organlar nazorati ostida bölişi kerak, deb ta'kidlagan telekanal.
Xitoy rahbarining keskin şarhlari eng yirik va kuçli xususiy korporatsiyalarning ta'sirini çeklaş böyiça harakatlarni kuçaytiradi. Hukumat Alibaba boşliği Jyek Maga nisbatan çeklovlar bilan töxtab qolmoqçi emas. Xitoy regulyatorlari Tencent Holdings moliyaviy korporatsiyasi rahbarlari Çjan Çjidun va Ma Xuatendan bank, suğurta va tölov xizmatlarini öz içiga olgan moliyaviy xolding kompaniyasini yaratişni talab qilişi mumkin.
Uşbu yangilikdan keyin Tencent Holdings kapitallaşuvi ikki kun içida 65 milliard dollardan köproqqa kamaygan.
Avvalroq, Xitoyning antimonopol kompaniyalari «Alibaba» kompaniyasiga rekord darajada 975 million dollar jarima tayinlaşi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bunga 2020 yil oxirida «Alibaba» rahbari Jyek Maning Xitoy moliya idoralari faoliyatini tanqid qilganligi sabab bölgan bölişi mumkin.







