“TST Rice” nomli uşbu mas'uliyati çeklangan jamiyatda şoli yetiştiriş va uni çuqur qayta işlaş böyiça töliq sanoat zanjiri yaratilgan. Ötgan yili 2,6 ming gektardan ortiq yerda “Lazurniy”, “Iskandar”, “Mustaqillik”, “Nukus” navlaridan möl hosil yetiştirilgan.
Aytiş joizki, ilgari şolikorlar faoliyati tarqoq bölgani uçun tuzuk daromad ololmasdi. Ayniqsa, şolini qayta işlaşda köplab muammolarga duç kelinardi.
Prezidentimizning 2021 yil 2 fevraldagi “Şoli yetiştirişni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroridan söng sohada sifat özgarişlari boşlandi, samaradorlik oşdi.
“TST Rice” majmuasi joylaşgan maydon ham ilgari taşlandiq joy edi. 27 milliard sömlikdan ziyod loyiha tufayli uşbu 6 gektar hududda zamonaviy majmua barpo etildi. U xirmon maydoni, umumiy siğimi 15 ming tonnalik 2 ta yopiq ombor, şolini tozalaş va quritiş sexi hamda qayta işlaş zavodini öz içiga olgan.

Şolini tozalaş va quritiş sexi törtta liniya bilan jihozlangan. Ularning har biri yordami bir smenada 120 tonna şolini quritiş mumkin. Bu yerda boşqa dukkakli mahsulotlarni tozalaş va quritiş ham mumkin. Yana bir e'tiborli jihati, mazkur sex kömirda işlaydi.
Şolini qayta işlaş zavodi Turkiyaning “Yashar Makina” kompaniyasi uskunalari bilan jihozlangan. Ular yordamida eng yuqori navdagi guruç mahsulotlari işlab çiqariladi. Çunki “aqlli” uskunalar guruçni nafaqat katta-kiçikligi, balki rangi böyiça ham saralaydi.
Hozirgi paytda zavod bir yilda 40 ming tonna mahsulotni qayta işlaş quvvatiga ega. Istiqbolda rejalaştirilgan ikkinçi bosqiç ham işga tuşirilgaç, korxona quvvati ikki barobarga ortadi.
Bu yerda zamonaviy laboratoriya ham bor. Bu yerda qabul qilinayotgan şolining namligi, quritiş va qayta işlaş jarayonlari, şuningdek, guruç mahsulotlarining sifat körsatkiçlari doimiy nazorat qilib boriladi.

“Daladan dasturxongaça” tamoyili asosida iş yuritayotgan şoliçilik klasterida joriy yilda hosildorlikni 60 sentnerdan oşiriş, xorijga 100 ming AQŞ dollari miqdorida guruç eksport qiliş rejalaştirilgan.














