Prezidentning Quyi Çirçiqdagi klasterga taşrifi çoğida bloger Aziza Qurbonova prezidentga ijtimoiy tarmoqlarda köplab muhokamalarga sabab bölgan «Şovvozsoy» dam oliş maskani böyiça savol bilan murojaat qildi.
«Bu «Özbekiston temir yöllari»ning davlat korxonasi. Heç kim u yerda turib, yaşab yoki birovga ötkazilgani yöq. U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor? Prezident ham agar qandaydir martabali, Özbekistonga foydasi tegadigan inson kelsa, boradi.
Aytmaysizlarmi, prezident bilan biz piyoda yuramiz, sizlar ham kelib, bir marta piyoda yurib köringlar, keyin prezident 5 yilda neça marta dam olibdi ekan, degan savolni nega bermaysizlar?» degan davlat rahbari Toşkent viloyatiga safari doirasida jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida berilgan savolga javoban.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Şovvozsoy» dam oliş maskani Özbekiston rahbariyati uçun qurilgani haqida taxminlar paydo bölgan edi.
Köp ötmay «Özbekiston temir yöllari» bu masala böyiça izoh berib, xabar asossiz va noxolis ekanini ma'lum qilgandi. Kompaniya bayonotiga köra, bu yerda 2011 yildan boşlab, ya'ni 10 yil davomida bosqiçma-bosqiç quriliş va bunyodkorlik işlari olib borilgan. Barça investitsiyalar temir yöl kompaniyasining budjetdan taşqari mablağlari, jumladan, daromadlari hisobidan amalga oşirilgan.













