«Çirçiq bir paytlar donği ketgan şahar edi. Oxirgi vaqtlarda ança «çarçab» qolgandi. Tegirmon navbati bilan degandek, endi bu yerda ham hamma şaroitlarni yaratamiz. Sanoatni kötariş, iş joylari oçiş, yölni, issiqlik ta'minotini yaxşilaş böyiça katta işlarni boşlayapmiz», - dedi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyev hududdagi muammolarni, aholining talab va istaklarini söradi. Tadbirkorlik qilmoqçi bölgan yigitga yer ajratiş böyiça şahar hokimiga körsatma berdi. Prezidentni körişni orzu qilib, davlat rahbari oldiga çiqqan bolani bağriga bosib suratga tuşdi.

Prezident şu yerdagi Lola mahallasida ham böldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadoniga kirib, hol-ahvol söradi.

Yöl-yölakay mehnat faxriylari bilan samimiy suhbat böldi. Ular mamlakatimizdagi tinçlik-osoyiştalik, Çirçiq şahridagi özgarişlardan mamnun ekanini aytib, duolar qildi.