Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘xdagi yo‘llarning ochilishi respublika mas'ullari ishtirokida muhokama qilindi
So‘x tumaniga O‘zbekiston Respublikasi chegara qo‘shini qo‘mondonligi, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari tashrif buyurdi. Bu haqda So‘x tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, mas'ullarning tashrifdan asosiy maqsadi So‘x tumani hududidagi 8 ta chegara nazorat-o‘tkazish punktlaridagi ahvolni o‘rganish, kamchiliklarni aniqlash va yo‘lovchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Qayd etilishicha, respublikadan kelgan mas'ullar, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bilan birgalikda «Malbut», «Soy», «Toyon», «Qizilqiyoq», «Devayron», «G‘aznov», «Tul» va «Lenburg» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan chegara nazorat-o‘tkazish punktlarini ko‘zdan kechirgan. Nazorat o‘tkazish punktlaridagi kamchilik va muammolarni tez muddatda bartaraf etish va yo‘lovchilarga qulay bo‘lgan sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tegishli idora mutasaddilariga topshiriqlar berilgan.

Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026