Ijtimoiy tarmoqlarda davlat idorasi mas’uli va fuqaro örtasidagi tortişuv aks etgan video tarqaldi. Tasvirlarda mansabdor uni videoga olayotgan fuqaroga qöpol muomala qilib, tahdidli sözlar aytayotganini köriş mumkin.

«San man bilan öynadingmi? Ikki marta videoga ol, k..ingni yalpaytirmasam, körasan san. San man bilan öynading-a, davlat bilan?! Töxta, sani oyoğimning tagiga olaman! U zamoning ötib ketdi, ön marta videoga ol», - deydi amaldor.

Ma’lum bölişiça, videodagi mansabdor Özbekiston mahallalari uyuşmasining Koson tumani bölimi boşliği Ubaydulla Oçilov bölgan.

Kun.uz manbasiga köra, holat 2026 yil 28 iyul kuni Oçilov fuqarodan köçaga tökilgan qumni olib taşlaşni talab qilgan vaqtda sodir bölgan. Tomonlar örtasida tortişuv kelib çiqqaç, bölim boşliği qöpol muomalaga ötib, fuqaroni haqoratlagan va unga tahdid qilgan.

Holat yuzasidan Özbekiston mahallalari uyuşmasi rasmiy munosabat bildirdi. Uyuşma Oçilovning videoda aks etgan muomalasi va sözlaşuv uslubi davlat xizmatçisi odob-axloq me’yorlariga mutlaqo zid ekanini ta’kidlab, bunday xatti-harakatlarni qat’iyan qoraladi.

«Holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkaziş uçun işçi guruh tuzildi. Örganiş yakunlari böyiça xodimning xatti-harakatlariga qonunçilik doirasida huquqiy baho beriladi hamda tegişli çoralar köriladi», - deyiladi rasmiy munosabatda.