Navoiy viloyatida respublika işçi guruhi tomonidan sud-huquq sohasidagi sayyor qabullar davom etmoqda. Keça, 19 mart kuni Qiziltepa tumanida ötkazilgan sayyor qabulda Oliy sud raisining birinçi örinbosari Robbaxon Mahmudova tomonidan 97 ta murojaat qabul qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 56 tasi jinoyat, 23 tasi fuqarolik, 14 tasi ma'muriy, 4 tasi iqtisodiy işlar böyiça sudlarga taalluqli.

Navoiy viloyati sudi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi konsultanti Aziza Röziyevaning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, jarayonda 97 ta murojaatdan 32 tasi joyida hal etilgan va 65 tasi böyiça fuqarolarga huquqiy tuşuntirişlar berilgan.

Ta'kidlanişiça, sayyor qabulda jinoyat işlari böyiça Konimex tuman sudi tomonidan 2 nafar, Qiziltepa tuman sudi tomonidan 5 nafar mahkum jazoni ötaş muddatidan oldin şartli ozod qilingan. Şuningdek, 5 nafar mahkumning jazosi yengilroğiga almaştirilib, 20 nafari umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga ötkazilgan.

Sayyor qabullarning Zarafşon şahrida ötkazilgan dastlabki kunida, 11 nafar mahkum muddatidan avval şartli ravişda ozod qilingan edi.










