Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini taşkil etiş töğrisida” qarori loyihasi e'lon qilindi.

Prezident qaroriga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universiteti huzuridagi Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi negizida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti taşkil qilinmoqda hamda uning asosiy vazifalari belgilanmoqda.

Institut yuridik şaxs maqomiga ega davlat ilmiy taşkiloti bölib, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Özbekiston milliy universiteti huzuridagi Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining şartnomalari va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi hisoblanişi belgilab qöyilgan.

Yangi qaror loyihasida Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini taşkil etiş, tuzilmasini belgilaş va 2021–2022 yillarda ilmiy-tadqiqot institutini rivojlantiriş böyiça zarur çora-tadbirlarni belgilaş taklif etilmoqda.

Bular:

birinçidan, yuridik şaxs maqomiga ega davlat ilmiy taşkiloti hisoblanişi va davlat gerbi tasvirlangan hamda institut nomi davlat tilida yozilgan muhrga va Moliya vazirligi Ğaznaçiligida şaxsiy hisobvarağiga ega bölişi;

ikkinçidan, ilmiy taşkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oşirişda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borişda iştirok etişi;

uçinçidan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi;

törtinçidan, 2021–2022 yillarda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot institutini rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda: