Suriyadagi uruşning ön yili: ixtiloflar, kuraşlar va buriliş nuqtalari
|18:59 / 21.03.202131 35424 min
Bundan 10 yil muqaddam Suriya prezidenti Başar Asadga qarşi norozilik namoyişi keng miqyosli fuqarolar uruşiga aylanib ketgandi. Uruş natijasida 380 mingdan oşiq odam vafot etgan, şaharlar vayron bölgan, boşqa davlatlar ham bu mojaroga aralaşgan.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
«Sening ham navbating keldi, doktor»
2011 yil mart oyida arab mamlakatlaridagi voqealar ta'siri ostida örta maktab öquvçilari tomonidan Dera şahrida çizilgan uşbu grafit-yozuv asl kasbi köz şifokori bölgani bois «Doktor» laqabini olgan Başar Asadning emas, deyarli 50 yildan buyon davom etib kelayotgan kuçli markaziy tizimning qulaşiga olib keldi.
Öquvçilar hibsga olinib, ularning oilalariga kuç va zöravonlik işlatilişi ortidan 2011 yil 15 mart kuni juma namozidan söng Damaşq va Dera şahrida namoyişlar bölib ötadi.
Prezident Asad namoyişga qattiq javob qaytaradi, oqibatda önlab tinç aholi vakillari vafot etadi. Namoyişlarning butun mamlakat böylab tarqalişi natijasida 10 yildan beri davom etib kelayotgan fuqarolar uruşi boşlanib ketadi.
Bugun uşbu mamlakatda yaşaydigan hududi bombardimon qilinmagan, yaqinini yöqotmagan, öz oilasidan ayro tuşmagan biror suriyalikni topiş imkonsiz. 2011 yilda 22 million aholisi bölgan mazkur davlatda 10 yil içida qariyb 600 ming kişi halok böldi.
6,5 milliondan ortiq suriyalik mamlakat içida öz uyidan köçişga majbur bölgan. Ularning aksariyati çodirlarda yoki antisanitariya şaroitida yaşab kelmoqda. 5,6 milliondan ortiq qoçqin esa Suriyani tark etgan. Ularning 3,6 million nafari Turkiyada yaşamoqda.
Fuqarolar uruşi boşlanganda aksariyati qamoqda bölgan «Al-Qoida» a'zolari bugun IŞID, «Hayyat Tahrir aş-Şom» yoki turli muxolif guruhlar bilan hududlarni nazorat qiluvçi taşkilotlarning tarkibida.
Uruş boşlanganda uyuşgan qurolli kuçga ega bölmagan Demokratik ittifoq partiyasi (PDY – Democratic Union Party. 2003 yilda kurdlar tomonidan Suriya şimolida taşkil etilgan siyosiy partiya – tahr.) – bugungi kunda AQŞ va Rossiya tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi, Ğarb mamlakatlari poytaxtida öz vakolatxonasiga ega bölgan, mamlakatning törtdan bir qismidan köproğini boşqarayotgan kuçdir.
Mamlakat amalda uçga bölingan. Şimoli-ğarbiy mintaqada – Idlib-Afrin-Karablus yönalişini nazorat qiluvçi muxoliflar hududida nazorat punktlari mavjud bölib, ularning ayrimlari «Hayyat Tahrir aş-Şom
Mavzuga oid
»ning qöl ostida.
Demokratik ittifoq partiyasi (PDY)ning asosini taşkil etgan Suriya Demokratik kuçlari (SDF – Syrian Democratic Forces) nazorati ostidagi mintaqada Damaşq hukumati bilan ahyon-ahyon hamkorlik qilib kelinmoqda. Qamişli va Damaşq örtasida samolyot qatnovlari yölga qöyilgan.
Hukumat nazorati ostidagi mintaqada ham Eronga sodiq qurolli kuçlar nazoratidagi aholi punktlari mavjud.
Xöş, ötgan 10 yil içida qanday muhim voqealar sodir böldi? BBC naşri uruşning buriliş nuqtalarinikörib çiqdi.
2011 yil 30 iyul kuni – muxolif kuçlar Ozod Suriya armiyasini tuzadi, qözğolon fuqarolar uruşiga aylanib ketadi
Xavfsizlik kuçlarining namoyişlarni kuç bilan bostirişi natijasida önlab odamlar halok böladi va norozilik harakatlari yanada kuçayib ketadi.
Armiyani tark etgan zobitlar qurollanişga kirişgan muxolifat safiga qöşilganliklarini e'lon qilişadi. 30 iyulda esa asosan armiyani tark etgan zobitlardan taşkil topgan Ozod Suriya armiyasi (FSA – Free Syrian Army) tuzilgani e'lon qilinadi.
Uşbu voqeadan söng Suriyadagi voqealarga nisbatan «fuqarolar uruşi» atamasi qöllaş boşlanadi.
Turkiya, Qatar va Fors körfazidagi boşqa mamlakatlar muxolifatga yordam körsatişadi.
2011 yil 9 avgustda öşa paytdagi Turkiya taşqi işlar vaziri Ahmad Dovudöğli tartibsizliklar boşlangunga qadar Anqara bilan juda yaqin aloqada bölgan Asad ma'muriyati bilan muzokara uçun Damaşqqa boradi.
Sakkiz soat davom etgan mazkur uçraşuv Anqara va Damaşq örtasidagi sönggi yuqori darajadagi uçraşuv edi.
Bu paytda Turkiya Suriyadan qoçgan Asad muxoliflari va tinç aholi vakillariga «oçiq eşik siyosati»ni amalga oşirayotgandi.
18 avgust kuni AQŞning öşa paytdagi prezidenti Barak Obama Asadni iste'foga çiqişga çaqiradi. Köplab Ğarb davlatlari ham Asad ma'muriyatiga embargo qöya boşlaşadi.
Sentyabr oyida yana bir boşqa yirik qözğolon sodir bölgan va hukumat ağdarilgan mamlakat – Misrga borgan Rajab Toyyib Erdöğan (öşa paytda u boş vazir lavozimida edi) Damaşq ma'muriyatini «öz xalqiga öq otgan, şaharlarga tank va artilleriya bilan bosqin uyuştirgan» kuç sifatida ta'riflaydi.
«Suriya xalqi hozir Asadga işonmayapti, biz ham işonmaymiz», deydi u.
Muxolifatning siyosiy qanoti ham Turkiya va Qatarda töplanayotgan edi.
Asad qözğolonlarning boşida muxolifatga körsatilayotgan yordamni töxtatiş uçun Ğarbning «qörqinçli tuşi» bölmiş radikal guruhlar a'zolarini qamoqxonalardan ozod qilib yuboradi. Bu jangarilar Iroqdan kelgan jihodçilar bilan birgalikda tarqoq muxolif safidan joy oladi.
Asad armiyasi asosan şimoliy Suriyaning kurdlar yaşovçi hududlaridan mojarolarsiz çiqib ketadi. Yillar davomida ayrimlariga hatto şaxsiy guvohnoma berilmagan, Kurdiston işçilar partiyasi bilan aloqada bölgan Demokratik ittifoq partiyasi (PYD)ning qurollangan a'zolari 2012 yil iyulida Xalq mudofaasi bölinmalari (YPG – Suriyada taşkil etilgan va faoliyat yuritayotgan Kurdlar Oliy qömitasiga aloqador qurolli taşkilot – tahr.)ni tuzişadi.
Asadning Turkiyaga qarşi qilgan uşbu harakati natijasida YPG Afrin, Kobani va Qamişlida hukmron kuçga aylanadi va Turkiya bilan çegaraga YPG bayroği osib qöyiladi.
2013 yil 4 fevral – Eronning Suriyadagi mavjudligi rasman e'lon qilinadi, uruş sur'ati Asad foydasiga özgaradi
Eron ma'muriyati mintaqadagi eng muhim ittifoqçilaridan biri bölgan Asadni yöqotişni istamaydi va Damaşq armiyasiga qurol-yaroğ va «Al-Quds» bölinmasi kuçlari orqali harbiy ta'lim/qömondonlik yordami körsatadi.
«Al-Quds» bölinmasi qömondoni Qosim Sulaymoniy Suriya frontida bölgani haqidagi xabarlar tarqaladi.
2013 yil 14 fevral kuni Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi Suriyada bir qömondon muxolifat vakillari tomonidan öldirilganini e'lon qiladi.
Bu paytga kelib muxolifat kuçlari köplab aholi punktlarini egallab olgandi.
Eron uruşga qöşilganini tan olganidan bir neça oy ötgaç, 2013 yil 5 iyunida Livan çegarasida joylaşgan Kuseyr şahri Damaşq armiyasi nazorati ostiga ötadi.
Asadning Qosim Sulaymoniy boşçiligidagi «Hizbulloh» va Eron qurolli kuçlari kömagi bilan erişgan uşbu ğalabasi fuqarolik uruşi oqimini uning foydasiga yönaltirgan buriliş nuqtalaridan biridir.
Biroq bu davrda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy öz bayonotlarida juda ehtiyotkorlik bilan iş tutayotgandi. «Mintaqadagi odamlar öz taqdirini özi belgilaşi mumkin bölgan muhit yaratilişi kerak, Suriyada diplomatiyadan foydalaniş kerak», deb yozadi Ruhoniy sentyabr oyida Washington Post gazetasida çop etilgan maqolasida.
2013 yil 21 avgust – Damaşqda zarin gazidan foydalanilişi
Damaşq ma'muriyatining kimyoviy gazdan foydalangani haqidagi da'volar AQŞ tomonidan 2013 yil 14 iyunda «tasdiqlanadi». 21 avgust kuni Gutada zarin gazi bilan hujum uyuştiriladi. Yuzlab odamlar, şu jumladan, tinç aholi vakillari vafot etadi.
Uşbu hujumlar Obamaning 2012 yildagi bayonotini kun tartibiga olib çiqadi: «Kimyoviy yoki biologik qurollardan foydalaniş – bizning qizil çiziğimizdir».
Biroq uruşning buriliş nuqtasi – zarin gazidan foydalanilganidan söng Vaşington-Moskva yönalişida keçgan munosabatlar va oxir-oqibat AQŞning Suriyadagi fuqarolar uruşiga öz munosabatini özgartirişi edi.
«Qizil çiziq kesib ötildi» deb Suriya voqealariga aralaşişi kutilgan Obama harbiy ruxsat berişni sörab Kongressga murojaat qiladi va «töp»ni Kongressga uzatadi. U darhol Asad ma'muriyatining tarafdori bölgan Rossiya bilan Suriyadagi kimyoviy qurolni mamlakatdan olib çiqib ketiş masalasida kelişadi.
Anqara öz munosabatini bildiradi. «Buni mutlaq yeçim sifatida köriş Suriya rejimiga «kimyoviy quroldan taşqari har qanday quroldan foydalaning, qança odamni öldirsangiz öldiring» deganday ta'limot beriş bölsa, u holda, bu tinçlikka olib kelmaydi», deydi öşa paytdagi Turkiya taşqi işlar vaziri Ahmad Dovudöğli.
Öşa sanadan söng Obama ma'muriyati muxolifatni çeklangan tarzda qöllab-quvvatlab keladi. Asadga esa oçiq qarşilik bildirmaydi.
Uşbu holat esa Eron bilan yadroviy kelişuvga yaqin bölgan Obama ma'muriyati Tehron bilan ziddiyatni kuçaytirib yubormaslik uçun Suriyada betaraf bölib turibdi, degan izohlarga sabab böladi.
Ayni paytda «Musulmon birodarlar»ning muxolifat orasida kuçayişi Saudiya Arabistoni va Fors körfazi mamlakatlarida bezovtalikni keltirib çiqaradi. Ar-Riyod endi Turkiya orqali emas, Iordaniya janubi orqali muxolifatni qöllab-quvvatlay boşlaydi. Oxir-oqibat, mamlakatning turli hududlaridagi muxolif guruhlar bölinib ketadi.
2014 yil yanvar – IŞID Raqqani qölga oladi
2013 yilda Iroqdan kelgan Iroq va Şom islom davlati rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy va taşkilot a'zolari Raqqadagi muxolif guruhlarga qarşi hujum qiladi. 2014 yil yanvar oyida uşbu guruhlar şahardan çiqarib yuboriladi va Raqqa xalifalikning poytaxti, deb e'lon qilinadi.
Raqqadan haydalgan «Ahror aş-Şom» va «Al Nusra» kabi taşkilotlar asosan Idlibga yöl oladi. Şunday qilib, Turkiya bilan çegarada radikal guruhlar soni ortadi.
IŞID tobora kuçayib, Human Righs Watch taşkiloti ma'lumotlariga köra, uning tarkibidagi jangarilar soni 30 mingga yetadi. 2015 yilda esa IŞID ba'zi arab davlatlari, Turkiya va Yevropada önlab odamlar vafot etgan yirik hujumlarni uyuştiriş kuçiga ega böladi.
2014 yil sentyabr – Kobanining qamal qilinişi va AQŞning IŞIDga qarşi Suriyadagi ilk havo operatsiyasi
2014 yil iyun oyida Iroqning eng yirik şahri - Mösulni qölga kiritgan IŞID Turkiya çegarasidagi PYD nazorati ostidagi mintaqaning bir qismini örab olgan edi.
Iroqning Sinjar mintaqasida avgust oyida birinçi marta IŞIDni nişonga olgan AQŞ, Suriyada uşbu taşkilotga qarşi qaratilgan ilk havo bombardimonini 23 sentyabr kuni amalga oşiradi.
27 sentyabrda esa PYD hududlariga kirib kelişining oldini oliş uçun Kobanida IŞIDga yana bir bor hujum qiladi.
«Quruqlik operatsiyalarida uşbu vazifani bajaradiganlar bilan hamkorlik örnatilmagunça havo hujumlaridan foyda yöq. Kobani qulab tuşmoqda», deydi Erdöğan oktyabr oyining boşlarida Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan muxolifçilarga. AQŞning esa boşqa rejalari bor edi.
Barak Obama 19 oktyabr kuni Erdöğanga qönğiroq qilib, YPG kuçlariga töğridan-töğri qurol yetkazib berişini aytadi va yordam boşlanadi.
Uruş oqimi bu gal YPG foydasiga özgaradi. YPG dastlab Kobanini qamal qilgan IŞIDni ortga çekintiradi, keyin esa Turkiya çegarasi böylab jadal ilgarilaydi Keyin janubga burilib, Raqqani egallaydi.
YPĞning Suriyada «kanton» nomi ostida avtonomiyani e'lon qiliş orqali kuçayişi va AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiyaning qöllab-quvvatlaşiga erişişi Turkiyada mörtlaşib borayotgan yeçim jarayonining oldiga sönggi toşni qöyadi.
Kobani voqealari paytida tanglik kasb etgan jarayon Turkiyaning 24 iyul kuni avval Suriyadagi IŞIDga, keyin esa şimoliy Iroqdagi kurdlarga zarba berişi bilan yakunlanadi.
Öşa kunlarda AQŞ IŞIDga qarşi operatsiyalarda foydalanişni istagan, ammo Turkiya tomonidan «xavfsiz zonalarni yaratişi evaziga oçilişi aytilgan Injirlik bazasi ham uşbu şartlar bajarilmay turib oçiladi.
BBC turk naşri bilan suhbatlaşgan yuqori martabali turk rasmiysi Kurdiston işçilar partiyasi nişonga olinmasdan oldin Injirlik bazasining oçilişi va IŞIDga zarba berilişining sababini quyidagiça izohlaydi: «Agar faqat PKKga hujum qilganimizda edi, bu qançalik qonuniy bölmasin, IŞIDga qarşi kuraşga zarar yetkazilyapti, degan qaraşni şakllantirişi mumkin edi. Qolaversa, Turkiyaning IŞIDga yordam berayotgani haqidagi da'volar bilan kuraşib kelayotgan edik. Bunday tasavvur hosil bölişining oldini oliş uçun Injirlik havo bazasini oçdik. Ilk operatsiyani IŞIDga qarşi ötkazdik. Keyin PKK nişonlarini urdik».
Turkiya YPĞning ikki mintaqasi orasida köprik örnatilişining oldini oliş va öz çegarasida IŞID tahdidiga çek qöyiş uçun 2016 yil 24 avgustda «Furot qalqoni» operatsiyasini boşlaydi. 2018 yil esa Afrinda «Zaytun novdasi» operatsiyasini uyuştiradi.
Endi Turkiya Suriyadagi diqqat-eʼtiborini YPĞga qaratadi.
«Zaytun novdasi» va «Furot qalqoni» operatsiyalari Suriyaning havo hududini nazorat qilayotgan Rossiyaning yaşil çiroqlarni yoqişi ortidan ötkaziladi.
2015 yil 30 sentyabr – Rossiya uruşda bevosita iştirok eta boşladi
AQŞ, Turkiya va Eron aralaşgan Suriya uruşining törtinçi yilida Rossiya Damaşqqa berayotgan qöllab-quvvatlov şaklini özgartiradi va havo bombardimoni bilan uruş maydoniga kirib keladi.
Rossiya havo kuçlarining aralaşuvi esa uruşning Asad foydasiga hal bölişini tezlaştiradi.
«Mamlakatdagi jihodçilar Rossiyaga tahdid solayotgani va uşbu guruhlarga ğov böliş uçun uruşga kirayotganini» aytgan Putin 12 oktabr kuni BBC’ga bergan intervyusida şunday deydi: «Bizga özga davlatning yerlari kerak emas. Sovet ittifoqini qayta tiklaş singari niyatimiz ham yöq. Ammo mustaqilligimiz va suverenitetimizni himoya qilişimiz kerak».
Rossiyaning aralaşuvidan söng, 21 oktyabrda Asad ilk marta Suriyadan taşqarida – Moskvada köriniş beradi.
Bir oy ötib, 24 noyabr kuni Turkiya havo hududini buzgani ma'lum qilingan Rossiya harbiy samolyoti turklar tomonidan urib tuşiriladi.
Moskva va Anqara örtasida bir neça oy davom etgan keskinlikdan söng, Erdöğan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga uzr xati yöllaydi. 9 avgust kuni Sankt-Peterburgda uçraşgan ikki davlat rahbari örtasidagi ziddiyat yaqin hamkorlikka yöl oçadi. Bu paytda YPĞni qöllab-quvvatlaş masalasi sabab Turkiya va AQŞ orasidagi masofa tobora olislaşib borayotgan edi.
Oradan bir oy ötib-ötmay, Turkiyaning «Furot qalqoni» operatsiyasi boşlanadi.
2015 yil oxirida Halabda sulh e'lon qilinadi. Muxoliflar Idlibga çekinadi. Asad yillar ötib, rossiyalik jurnalistga bergan intervyusida uruşning buriliş nuqtasi haqida berilgan savolga «Halabning qaytarib olinişi», deb javob qaytaradi.
Bu orada Turkiyada ikkita jiddiy voqea sodir böladi. 19 dekabr kuni Rossiyaning Anqaradagi elçisi Andrey Karlov Anqarada uyuştirilgan suiqasd natijasida vafot etadi.
22 dekabr kuni esa ikki turk askari IŞID vakillari tomonidan yoqib yuborilgani va ular şu taxlit ölim topgani aks etgan tasvirlar internetda tarqaladi. Tasvirlar bloklab qöyiladi. Askarlardan birining oilasi neça oy ötgaç, turk matbuotiga «Bizga öğlimizning şahid bölgani aytildi», deydi.
Rossiya AQŞ bilan töqnaşuvning oldini oliş uçun YPG mintaqalariga yaqinlaşmaydi. Şuningdek, AQŞ ham uç yil davomida faqat IŞID mintaqalarini nişonga oladi.
Ammo Donald Tramp prezident bölganidan söng, 2017 yilning aprel oyida amerikalik harbiylar birinçi marta Suriya armiyasi bazasiga raketa uçiradi. 2018 yil aprel oyida esa Asadning bazalariga yana bir bor zarba beriladi.
Qoçqinlar muammosi
Uruşlardan qoçgan kiçik guruh ilk bor 2011 yil aprel oyida Turkiya çegarasiga keladi, bir neça yil ötgaç esa suriyalik qoçqinlarning soni milliondan oşib ketadi.
Dastlabki bosqiçda Livan, Iordaniya, Turkiya va Iroq kabi qöşni davlatlardan boşpana topgan va çodirlarga vaqtinça joylaştirilgan suriyaliklar köradiki, uruş yaqin orada tugamaydi.
Çunki endilikda fuqarolar uruşi Turkiya, Fors körfazi mamlakatlari, Eron, Rossiya va AQŞ kabi davlatlarning manfaatlari töqnaşgan uruşga aylanib ketgandi. Isroil ham Suriyada öz çegaralariga yaqin joylarda Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan «Hizbulloh» va boşqa qurolli kuçlarni nişonga olgan raketa hujumlarini boşlaydi.
Öz vatanini bir umrga tark etgan suriyaliklar Yevropadan boşpana söraydi. Egey dengizi orqali Gretsiyaga muhojirlar oqa boşlaydi.
2015 yilda köçiş va odam savdosi şu darajaga yetadiki, suriyaliklar tomonidan oçilgan eşikdan foydalanişni istagan Iroq, Afğoniston va Osiyo mamlakatlaridan kelgan köplab boşpanasizlar minglab kilometrlik saf hosil qiladi.
Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotlariga köra, 2015 yilda 821 mingdan ortiq kişi Turkiya orqali Gretsiyaga ötgan. Egey dengizida esa 706 kişi halok bölgan. Ular orasida jasadi Bodrum qirğoqlariga çiqib qolgan uç yoşli bolakay Aylan Kurdi ham bor edi.
Ön minglab muhojirlarni öz çegarasida körgan Yevropa 2016 yil mart oyida Turkiya bilan qayta qabul qiliş töğrisidagi bitimga erişadi. Uşbu bitim ortidan Turkiya çegarada keskin çoralar köradi, noqonuniy köçib ötişlar soni kamayadi. Biroq 2020 yil fevralida Yevropa Ittifoqi va Turkiya örtasida ziddiyat yuzaga kelgaç, Erdöğan Yevropa eşiklarini muhojirlarga oçişini e'lon qiladi: «Bir neça oy oldin nima degan edik? Agar şunday davom etsa, eşiklarni oçişga majbur bölamiz. Ular işonişmadi. Biz keça nima qildik? Eşiklarni oçdik. Bundan keyingi davrda ham bu eşiklarni yopmaymiz va bu davom etadi».
Çegarani kesib ötiş uçun Edirnaga borgan köplab muhojirlar Gretsiya politsiyasining qattiq qarşiligiga duç keladi va ortga qaytarib yuboriladi.
2017 yil 4 may – mojarosiz hududlar e'lon qilinadi va muxoliflar Idlibga qaytib ketadi
2017 yil Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlangan muxoliflar asosan Idlib va Tserablus-Mare mintaqasida qoladi.
4 may kuni Rossiya, Eron va Turkiya Qozoğiston poytaxti Astana (Nur-Sulton)dagi yiğilişda muxolifat qönim topgan hududlarda «Tört mojarosiz hudud yaratiş» haqidagi qarorni qabul qildi.
Birinçisi, Idlib mintaqasi; ikkinçisi 150 mingdan ortiq tinç aholi istiqomat qiladigan Rastan va Telbise; uçinçisi, radikal guruhlarni hisobga olganda 700 ming aholisi bölgan Şarqiy Guta va törtinçisi Dera va Kuneytra edi.
Uşbu mintaqalar uçun Misr, Iordaniya va AQŞ ham «oraga kirgani» uçun alohida bitimlar imzolanadi va 2018 yil iyulgaça Şarqiy Guta, Rastan-Telbise va Kuneytra-Dera mintaqalaridan minglab jangçilar avtobuslarga çiqarilib, oilalari bilan Idlibga jönatiladi.
Şunday qilib, 2011 yilda Asadga qarşi kuraşni boşlagan raqiblar mamlakatning şimoli-ğarbiga çekinadi.
Idlib aholisi uç milliondan oşadi. Suriya armiyasi va Rossiya bu safar sönggi «mojarosiz hudud» bölgan Idlibga yuzlanişadi.
Suriya va Rossiya armiyasining operatsiyalari vaqti-vaqti bilan şu kungaça davom etib kelmoqda. 2018 yil sentyabr oyida Rossiya, Turkiya va Eron memorandum imzolaş orqali Idlibdagi muxoliflar va Suriya armiyasi örtasida bufer zonani hosil qiluvçi kuzatiş punktlarini taşkil etadi.
Memorandumning «vaqtinça» ekanini ta'kidlagan Başar Asad esa «Hukumatimizning asosiy maqsadi Suriyaning har bir mintaqasida nazoratni saqlab qolişdir», deydi va Idlibdan voz keçmasligini e'lon qiladi.
Nihoyat, 2020 yil 5 martda Rossiya bilan Turkiya yangi kelişuvga erişgan hududda Asad armiyasi ilgarilaydi, muxolifat esa tor doirada qolib ketadi. Hujumlarda önlab askarlarini yöqotgan Turkiya Damaşq armiyasi nazorati ostida qolgan mintaqadan ba'zi kuzatuv nuqtalarini köçirişga majbur böladi.
Idlibning katta qismi bugun «Hayyat Tahrir aş-Şom» (Suriyadagi fuqarolar uruşida qatnaşgan faol Salafiy taşkilot – tahr.) nazorati ostida.
2018 yil dekabr – IŞIDning qöl ostida biror hudud qolmagani e'lon qilinadi
AQŞning öşa paytdagi prezidenti Tramp 2018 yil dekabrda IŞID nazorati ostida birorta hudud qolmaganligini va AQŞning Suriyadan çiqib ketişini e'lon qiladi. Biroq bildirilgan e'tirozlar natijasida ming nafar askarnigina çaqirib oladi.
Furotning narigi tomonida esa rus yollanma askarlari va Eron qurolli kuçlari bilan birgalikda IŞIDga qarşi kuraşni davom ettiradi.
Tramp Obamaning YPĞga yordam berişni boşlaganidan beş yil ötib, 2019 yil oktyabr oyida Erdöğan bilan bölib ötgan telefon suhbatidan söng Suriyadan çiqib ketişini yana bir bor e'lon qiladi.
Bu bayonot uzoq vaqtdan beri Furot şarqidagi YPĞga qarşi harbiy harakatlarni rejalaştirayotgan Anqara uçun yaşil çiroqlarning yonişidan darak edi. Erdöğanning «Qarori berib bölingan va allaqaçon boşlangan tinçlik buloğining közini oçiş jarayoni ehtimol bugun, balki ertaga deydigan darajada yaqindir», degan gaplari ortidan Turkiya 9 oktyabr kuni YPĞga qarşi «Tinçlik buloği» operatsiyasini boşlaydi.
Mazkur operatsiya avval AQŞ, keyin esa Rossiya bilan keçgan kelişuvlar bilan yakunlanadi. YPĞni çegaradan 30 kilometr içkariga çekintirişga va uşbu hududda Rossiya va Suriya qöşinlari tomonidan nazorat örnatilişiga qaror qilinadi.
Ta'kidlaş joizki, YPG şu paytgaça tom ma'noda töliq ortga qaytarilgani yöq. Mintaqada yaqin mavqega ega bölgan SDF (Syrian Democratic Forces– Suriya Demokratik kuçlari) va Damaşq ma'muriyati örtasida Rossiya vositaçiligi ostida hamkorlik böyiça muzokaralar davom etmoqda.
Baas ma'muriyatini tan olmaydigan mamlakatlar Asadga yaşil çiroq yoqişni boşladi
Uruşning aksariyat qismida hukmronlik qilgan IŞID muammosi bartaraf etilgaç, avval arab davlatlari, keyin esa Yevropa davlatlari Asad va Baas partiyasiga nisbatan öz yondaşuvini özgartira boşladi.
Anqara va Damaşq örtasida ham «terroristik taşkilotlarga qarşi» hamkorlik qiliş, «agar suriyaliklar demokratik saylovlarda uni tanlasa» Asad bilan işlaş mumkinligi haqidagi gap-sözlar paydo böldi. Ikki mamlakat razvedka rahbarlari Xoqon Fidan va Ali Mamluk 2020 yil yanvar oyida Moskvada uçraşdilar.
Bu orada Eronning ta'sir doirasini çeklamoqçi bölgan va muxolifatni qöllab-quvvatlaşdan allaqaçon voz keçgan Ummon, Iordaniya, BAA va Bahrayn kabi arab davlatlari ham Damaşqdagi diplomatik vakolatxonalarini qayta oçişdi va ba'zilari öz elçilarini yuborişdi.
Va nihoyat, AQŞning yangi prezidenti, demokrat Jo Bayden Oq uyda iş boşladi. Bayden 2021 yilning fevralida Suriyada Asadni qöllab-quvvatlayotgan Eron qurolli kuçlariga özining ilk zarbasini berdi.
«Biz armiyamizni kuçaytirişga ikki yil oldin qaror qilgandik. Albatta, buni Rossiya Mudofaa vazirligi bilan birgalikda amalga oşiramiz». Asad uşbu bayonotni uruş boşlanganiga 10 yil tölişi arafasida berdi va u garçi hozir Rossiya va Eronga qaram bölsa-da, hokimiyatda qola bildi.
Amalda uç qismga bölingan Suriya esa 10 yildan keyin ham «yulduzlar jangi»ning sahnasi bölib qolmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi