Natijada uşbu hududga mas'ul 3-sektor rahbari – şahar içki işlar bölimi boşliği polkovnik Dilşod Muhammadjonov prezidentdan tanbeh eşitdi.

«Bir oyda menga rasmini berasan. Özing butun kuçingni taşlaysan. Özing qölingga ‘lopatka’ olasan. Ölasanmi şuni qildirib qöysang? Uyalmaysanmi, sektor degani nima degani?» – dedi Şavkat Mirziyoyev sektor rahbariga qarata.

Toşkent viloyati IIBB matbuot xizmati 20 mart kuni bergan xabarga köra, prezident taşrifidan keyin «Iftixor» MFYda Çirçiq şahar IIB boşliğining xizmat uyi taşkil etilgan.

Xizmat uyida şu yerlik aholi muammolari va murojaatlari bilan işlovçi 3-sektor tezkor ştabi faoliyat boşlagan.

Foto: Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati
Foto: Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev yil boşidan buyon hududlarga an'anaviy taşriflari davomida rejadan taşqari mahallalarni aylanmoqda. «Mahallabay» işlaş siyosati doirasida rahbarlardan aholi muammolarini bevosita hududlarga borgan holda hal etiş talab etilmoqda.

  • Fevral oyi oxirida prezident Namangan şahridagi Bunyodkor mahallasiga borgaç, viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov u yerdagi muammolar hal etilişiga şaxsan özi boş bölişini e'lon qildi va mahallaga özi uçun konteyner-uy qurdirdi. Uning bu taşabbusini selektorlardan birida davlat rahbari namuna qilib körsatdi.
  • Köp ötmay Buxoro viloyati hokimi va viloyat soliq boşqarmasi boşliği ham konteynerda işlay boşladi.