Ta'kidlanişiça, Prezident körsatmasiga binoan Farğona viloyatida sektor rahbarlari faoliyatini baholaş mezonlari işlab çiqilib, tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişilgan. Unga asosan sektor rahbarlarini har oyda 13 ta körsatkiç (indikator) asosida baholab boriş yölga qöyilgan bölib, viloyatdagi 76 ta sektor faoliyati joriy yilning yanvar—fevral oylari böyiça baholab çiqilgan.

Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Farğona viloyati filiali Kun.uzga xabar bermoqda. 

Sektor rahbarlarining faoliyat samaradorligini örganiş va ularni baholaşning ikki oylik reyting tizimi natijasiga köra, 1-örinni Qöştepa tumani 1-sektori (Novikov), 2-örinni Rişton tumani 2-sektori (Turdaliyev), 3-örinni Farğona tumani 2-sektori (Ahrorov), 4-örinni Yozyovon tumani 4-sektori (Oxunov) va 5-örinni Söx tumani 1-sektori (Sayidmusayev) egalladi.

Quyi örinlarni egallagan sektor rahbarlari esa quyidagilardir: 74-örinda Qöqon şahar 4-sektori (Baratov), 75-örinda Özbekiston tumani 3-sektori (Najmiddinov), 76-örinda Quva tumani 4-sektori (Alijonov).

Şuningdek, viloyat sektorlar faoliyatidan qoniqiş darajasini örganiş maqsadida 1 ming 41 ta mahalla fuqarolar yiğinidagi har bir mahalladan 5 nafardan aholi örtasida ijtimoiy sörovnoma ötkazilgan. Sörovnoma natijasiga köra, 56,4 foiz fuqarolar sektor rahbarlari faoliyatidan qoniqayotganligi, 23,4 foizi aholi sektorlar faoliyatidan qoniqmasligi, 20,2 foizi esa sektorlar faoliyati haqida bilmasligi böyiça öz fikrlarini bildirgan.