Kun.uz muxbiri xabariga köra, sessiyada soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, AQŞning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi örinbosari, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari iştirok etmoqda.

Ma'lum bölişiça, 2019 yilda 10 mln nafardan ortiq odam sil kasalligini yuqtirib olgan va şu bir yilning özida 1,4 mln odam şu kasallikdan vafot etgan. Ölim kölami böyiça koronavirusni ham ortda qoldiradigan bu kasallik bilan butun dunyoda kuraşiladi. 1982 yil 24 martdan buyon şu sana “Xalqaro silga qarşi kuraşiş kuni” sifatida nişonlanadi.

Sessiyada iştirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Uluğbek Sobirov şunday ma'lumotlar berdi:

“Özbekistonda silga qarşi kuraşiş böyiça alohida qonun bor. Unga köra bu kasallikni davolaş budjet hisobidan amalga oşiriladi. Nafaqat Özbekiston fuqarolari, balki davlatimiz hududida bölgan çet el fuqarolari ham suğurta söralmagan holda beğaraz davolanadi. Ayni paytda respublika böyiça 17ta ftiziatriya maskanlari taşkil etilgan va rekonstruksiya qilingan. Bu maskanlar mutaxassislari koronavirusga qarşi kuraşda ham katta yordam qilişdi. Umuman, sil kasalligiga qarşi kuraşda profilaktikaning ahamiyati juda katta.

Sil kasalligiga qarşi kuraşda dorilar töliq budjet va xalqaro grantlar hisobidan ta'minlanadi. Umuman, tuberkulyozni davolaş uçun 23 xil dori vositasi qöllanilsa, şundan 8tasi Özbekistonda işlab çiqariladi, yil oxiriga qadar yana ikkita dori vositasi qöşiladi va jami 10 xil dori özimizda işlab çiqarilgan böladi”, dedi vazir örinbosari.