Norma’ning yozişiça, hujjat bilan prezidentning «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-3666-son qarori 1-ilovasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Adliya vazirligiga yuklangan asosiy vazifalar röyxati kengaytirilişi munosabati bilan uning quyidagi sohalarda amalga oşirişi lozim bölgan funksiyalari belgilandi:

  • normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga soliş ta'sirini baholaş sohasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş;
  • qonunçilik hujjatlari va topşiriqlarning öz vaqtida, töliq va sifatli amalga oşirilişini ta'minlaş yuzasidan, şu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy örganişlar olib boriş va joylardagi holat monitoringini yuritiş;
  • qonunçilik hujjatlari va topşiriqlarning amalda bajarilişiga tösqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlaş, ularni hal etiş böyiça tegişli vazirlik va idoralar oldiga aniq masalalarni qöyiş, davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini ta'minlaş, sohaga xos bölmagan, takrorlanuvçi vazifa va funksiyalarni qisqartiriş, ularda ortiqça qoğozbozlik va majlisbozlikka yöl qöymaslik yuzasidan takliflar işlab çiqiş;
  • davlat organlari va taşkilotlariga qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy kömaklaşiş, ularning tegişli bölinma rahbarlarini ijro intizomiga rioya etilişi böyiça öqitişda iştirok etiş.

Adliya vazirligi tomonidan boşqa sohalarda amalga oşiriladigan funksiyalarga ham tuzatiş va qöşimçalar kiritildi.

Vazirlik normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qöllaşdagi korrupsiyaviy xavflarni tahlil qiladi hamda normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalaridagi korrupsiyaga sabab böladigan normalarni aniqlaydi, ularni bartaraf etişga qaratilgan çoralar köradi va tavsiyalar işlab çiqadi.

Şuningdek, vazirlik quyidagilarni amalga oşiradi:

  • qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijrosini «Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda» rukni ostida oddiy va xalqçil tilda tuşuntiriş böyiça videoroliklar, infografikalar va boşqa körgazmali materiallar tayyorlaydi hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi;
  • qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijrosi natijalari yuzasidan videoroliklar tayyorlaydi;