Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida fuqaroni internet tarmoqlari orqali şarmanda qiliş bilan qörqitib pul talab qilgan tovlamaçilar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, fuqarolar B.Yu. va S.A. oldindan til biriktirib, fuqaro Ğ.ning N. ismli ayol bilan işqiy munosabatlari aks etgan videotasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatib, ularni şarmanda qiliş bilan qörqitib, evaziga 1 000 dollar talab qilgan.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Çiroqçi tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, B.Yu. va S.A. fuqaro Ğ.dan talab qilingan 1 000 AQŞ dollaridan 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan B.Yu. va S.A.larga nisbatan jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.