Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida ikki nafar şaxsni 1 500 AQŞ dollari evaziga işga kiritmoqçi bölgan firibgar qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB ma'lum qilmoqda.
Qayd etilişiça, Kitob tumani Beşterak qişloğida yaşovçi S.G. 2021 yil 5 mart kuni içki işlar idoralariga ariza bilan murojaat qilib, şu tumanning Qöşçinor qişloğida yaşovçi S.Z. 2020 yil 7 iyul kuni «Sizni Milliy gvardiyaga işga joylaştirib qöyaman», — deb 500 dollar olganini ma'lum qilgan.
Bundan taşqari, S.Z. Kitob tumani Panji qişloğida yaşovçi U.M.ga «Sizni Inter Injiniring qöşma korxonasiga işga joylaştirib qöyaman», — deb, undan 1000 AQŞ dollari va 100 ming söm miqdoridagi pullarini olgan.
Ta'kidlanişiça, S.Z. har ikki holatda ham özganing mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş maqsadida fuqarolarni aldagan va yuqoridagi insonlarning işonçiga kirib, ulardan olgan pullarni özining şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
Ma'lum bölişiça, mazkur holatlar yuzasidan Kitob tuman IIB tergov bölinmasi tomonidan S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.












