25 mart kuni Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi sobiq boş şifokori Guljahon Yöldoşeva va boşqalar işi böyiça navbatdagi sud majlisi bölib ötdi. Sudning muzokara qismi yakunlandi. Ayblanuvçilar sönggi sözlarini aytişdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Sudning muzokara qismida sudlanuvçi Guljahon Yöldoşeva va Alişer Dadamatov öz muzokara sözlarini öqib eşittirdi. Ular suddan barça taqdim etilgan dalil va isbotlarni inobatga olgan holda oqilona va adolatli hukm çiqarişni söraşdi.
Muzokara sözlari öqib eşittirilgaç, aniqlangan holatlar yuzasidan Yöldoşevaning advokati Xuşnud Ahrorov sudga iltimosnoma kiritdi. Advokat öz iltimosnomasida dastlabki tergov jarayonida yöl qöyilgan xatoliklar yuzasidan sud tomonidan xabarnoma berişni söradi.
Raislik etuvçi tomonidan sud majlisi iştirokçilariga oxirgi söz berildi. Şundan söng sud hukm çiqariş uçun öz maslahatxonasiga kirdi.
Sud majlisi 29 martgaça tanaffus e'lon qildi. Şu kuni iş böyiça hukm e'lon qilinadi va dastlabki instansiya sudi öz işini yakunlaydi.






