«Toşkent şahri markaziy köçalarida pulli avtomobil töxtaş joylarini taşkil etiş böyiça eksperimentni amalga oşiriş töğrisida»gi qaror loyihasi muhokamaga qöyildi.
Loyihada qayd etilişiça, davlat-xususiy şeriklik asosida Toşkent şahrining 10ta markaziy köçasida eksperiment tariqasida pulli avtomobil töxtaş joylari (parkomatlar) taşkil etiladi.
Tegişli vazirlik va idoralar tomonidan ikki hafta içida 10ta markaziy köça röyxatini şakllantiriş belgilangan.
Agar eksperimentlar özini oqlasa, Toşkent şahar hokimligi 2023 yil 1 yanvarga qadar uşbu sohani yanada takomillaştiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritişi közda tutilgan.
Pilot loyihasini amalga oşirişda davlat şerigi sifatida Transport vazirligining Toşkent şahar transport boşqarmasi iştirok etadi.
Davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etilişi rejalaştirilgan parkomatlarda aniqlangan yöl harakati qoidalari buzilişi uçun jarimalar summasining 20 foizi Içki işlar vazirligining budjetdan taşqari jamğarmasiga, 80 foizi xususiy şerikning hisobraqamiga ötkazilişi belgilangan.
Foydalanuvçilar parkomat örnatilgan joydan 10 daqiqa mobaynida bepul foydalanişi mumkin.











