Anqara prokuraturasi Fransiyadagi Charlie Hebdo jurnalida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni tahqirlovçi maqola çop etilişiga aloqador tört nafar şaxsga nisbatan ayblov xulosasi tayyorladi. Bu haqda Onadölu agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilişiça, jurnal muharrirlari Jyerar Biar, Jyulen Serinyak va Loran Surisso hamda karikaturaçi Elis Petiga nisbatan ayblov ilgari surilmoqda.
Prokuratura ularni bir yildan tört yilgaça ozodlikdan mahrum etişni talab qilmoqda.
Ayblov xulosasida aytilişiça, jurnalning 2020 yil 28 oktyabrdagi sonida Erdöğanning karikaturasi çop etilişi davlat rahbarini haqorat qiliş hisoblanadi.
Turkiya jinoyat kodeksiga köra, mamlakat fuqarosi yoki xorijlik fuqaro Turkiyadan taşqarida jinoyat qilsa, unga nisbatan Turkiya qonunlari böyiça çora köriladi, deb eslatgan Anqara prokuraturasi.












