Hukumatning tegişli qarori bilan Farrux Rahimoviç Şaripov Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi ijro etuvçi direktori etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farrux Şaripov 1969 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan. Mehnat faoliyatini 1-son Samarqand klinik şifoxonasi şifokor-xirurgi vazifasidan boşlagan.
Keyinçalik 1-son Samarqand klinik şifoxonasi ambulator-xirurgiya markazi boşliği, Toşkent viloyati 1-son klinik şifoxonasi boş şifokorining davolaş işlari böyiça örinbosari, Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi boşliği, Sirdaryo viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği, SSV Moddiy-texnik bazani rivojlantiriş Boş boşqarmasi boşliği, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği kabi mas'ul lavozimlarda işlagan.
U şu kungaça Soğliqni saqlaş vazirligi Davolaş-profilaktika yordamini taşkillaştiriş Boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.







