Içki işlar organlari tizimini yanada takomillaştiriş böyiça "Yöl xaritasi"ga köra, jazoni ijro etiş tizimida işlab çiqariş faoliyatini yanada kuçaytiriş möljallanmoqda.

Xususan, quyidagilarni nazarda tutgan holda işlab çiqarişni yanada kuçaytiriş böyiça yangi çora-tadbirlar belgilandi:

jazoni ijro etiş muassasalariga litsenziya talab etiladigan ayrim faoliyat turlari bilan tegişli litsenziyani olmasdan faoliyatni amalga oşiriş huquqini istisno tariqasida beriş;

Jazoni ijro etiş departamentining Markazlaştirilgan jamğarmasini qayta taşkil etiş va ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarning ijro hujjatlari böyiça davlat budjetiga jazoni ijro etiş muassasalari tomonidan undirilgan mablağlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalarni hamda böş turgan budjetdan taşqari mablağlarni tijorat banklari depozitlariga joylaştiriş hisobidan olingan daromadlarni jamğarmaning qöşimça manbalari sifatida belgilaş.         

Amalga oşiriş şakli - Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Ijro muddati - 2021 yil 15 may, mas'ul ijroçilar - IIV (Bobojonov), Moliya vazirligi (Haydarov).