Surxondaryoda töqqiz marta öğirlik qilgan ikki nafar şaxs yana jinoyat sodir etayotganida uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Qayd etilişiça, 2021 yil 2 yanvar kuni Jarqörğon tumani  Ğur-ğur mahallasida yaşovçi fuqaro S.A. IIBga ariza bilan murojaat qilib, molxonasidan 4 boş qöyini noma'lum şaxslar öğirlab ketganini ma'lum qilgan.

Şundan söng, olib borilgan tergov harakatlari natijasida uşbu jinoyatni Yu.T. ismli ayol hamda uning şerigi X.A. sodir etganligi aniqlandi. Jinoyatçilar S.A.ga tegişli bölgan 4 boş qöyni Qumqörğon tumanida yaşovçi X.A.ga sotib yuborgan.

Tergov davomida aniqlanişiça, Yu.T. va X.A. jinoiy til biriktirib 9 ta holatda fuqarolarning 19 boş qöyi va 2 ta suv nasosini öğirlagan. Ta'kidlanişiça, 9 marotaba öğirlik qilgan bu ikki şaxs IIB xodimlari tomonidan yana öğirlikka borgan paytda jinoyat ustida qölga olingan.