Toşkent viloyatida umumiy quvvati 470 MVt bölgan 2 ta issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toşkent viloyatining qibray tumanida quvvati 240 MVt bölgan buğ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bölgan gaz-porşenli elektr stansiyasini quriş investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 300 million AQŞ dollarini taşkil qiladi va “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisobiga töliq moliyalaştiriladi.
Stansiyalar joriy yilning törtinçi çoragida işga tuşirilişi rejalaştirilgan bölib, yiliga 3,9 milliard kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Uşbu loyihani amalga oşiriş hisobiga yiliga 550 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.
Ahamiyatlisi, quriliş davomida 900 nafar işçi-xodimlar faoliyat yuritadi. Stansiyalar işga tuşgaç 220 nafar yangi iş örni yaratiladi.











