Yiğilişda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham körib çiqildi. Mutasaddilar buning uçun yetarli energiya işlab çiqariş, gaz omborlarida jamğariş va muvozanatli yetkazib beriş çoralari körilayotgani töğrisida axborot berdi.

Xususan, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita buğ-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat böladi.

Şuningdek, bu yil Toşkent, Namangan, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidroelektr stansiyalar işga tuşiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr işlab çiqariladi. Bular, avvalo, xalqimiz ehtiyoji va ösib borayotgan iqtisodiyot uçun qöşimça quvvat böladi. 

Ayni paytda tegişli tarmoq va podstansiyalarni ta’mirlaş işlari ham boşlangan. Issiqlik stansiyalari barqaror işlaşi uçun zarur yoqilği, butlovçi va ehtiyot qismlar zaxiralari şakllantirilmoqda.