Sirdaryoda yangi issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur loyiha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan 100 foiz töğridan töğri investitsiyalar hisobiga amalga oşirilmoqda. Stansiya yiliga 12 mlrd kVt soat elektr energiya işlab çiqaradi. Loyiha doirasida eng zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilişi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalişiga erişilişi kutilmoqda.
Stansiya Şirin şahri va Boyovut tumanlari hududida 55 gektar yer maydonida qurilişi va 2023 yil yakuniga qadar işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
Bugungi kunda loyiha 44 foizga, xususan loyihalaştiriş 90 foiz, buyurtmalar 64 foiz, quriliş işlari 17 foizga bajarilgan.
Avvalroq, joriy yilning dastlabki beş oyi davomida umumiy quvvati 1 ming 154 megavatt bölgan 5ta issiqlik va quvvati 100 megavatt bölgan 1ta quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşirilgani ma’lum qilingandi.












