Toshkentda Mahalliy uy to‘qimachilik mahsulotlari markazi ish boshladi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan bugungi kunda milliy brendlarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, milliy kiyim-kechak va to‘qimachilik brendlarini mamlakat ichi va chet ellarda targ‘ib qilish strategiyasi ishlab chiqildi va uyushmaning ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholini sifatli va arzon mahalliy mahsulotlar bilan ta'minlash belgilandi.


Joriy yilning 31 mart kuni Toshkentda Mahalliy o‘y to‘qimachilik mahsulotlari markazi ochildi. Ushbu loyiha tashabbuskori 2012 yilda Namangan shahrida tashkil etilgan Aisha Home Textile korxonasidir. Kompaniya 100 foiz paxta tolasidan yuqori sifatli sochiqlar va har xil turdagi xalatlar ishlab chiqaradi.



Markazning ochilish marosimida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati, sanoat korxonalari, Turkiya, Ruminiya va Ukrainadan mehmonlar, madaniyat va OAV sohasi vakillari, blogerlar ishtirok etishdi.

Mahalliy uy to‘qimachilik mahsulotlari markazi – bu to‘qimachilik mahsulotlarining yuqori sifatli va o‘ziga xos dizayni namunasidir. Bu to‘qimachilik sanoatida katta qadam. Lux Class mahsulotlari Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning shu kabi mahsulotlari bilan erkin raqobatlasha oladi.





















