“Dehqon xöjaligi töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonunga köra, 18 yoşga tölgan, muomalaga layoqatli bölgan, öziga dehqon xöjaligini yuritiş uçun yer uçastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş yoki ijara (ikkilamçi ijara) huquqi asosida berilgan Özbekiston fuqarosi yoki Özbekiston hududida doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxs dehqon xöjaligi boşliği bölişi mumkin.
Dehqon xöjaligi dehqon xöjaligi boşliğining davlat xizmatlari markazlariga şaxsan taşrifi vositasida yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hisobga qöyiladi yoki davlat röyxatidan ötkaziladi. Bunda davlat boji va yiğim undirilmaydi.
Dehqon xöjaligini yuritiş uçun 0,06 gektardan 1 gektargaça bölgan ölçamda yer uçastkalari beriladi.
Şuningdek, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarning asosiy ekindan böşagan qismi 0,06 gektardan 10 gektargaça bölgan ölçamda bir yilgaça bölgan muddatga ikkilamçi ijaraga (uçinçi şaxslarga beriş huquqisiz) berilişi mumkin.
Dehqon xöjaligini yuritiş uçun berilgan yer uçastkasidan dehqon xöjaligining ixtisoslaşuvi asosida faqat qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş uçun foydalanilişi kerak. Şu bilan bir vaqtda, bunday yer uçastkasida 10 boşgaça çorva molni ötlatişga yöl qöyiladi.
Yer uçastkasida yengil konstruksiyali issiqxonalar va boşqa imoratlar, şuningdek suğoriş inşootlaridan taşqari inşootlar va imoratlar, şu jumladan yer osti inşootlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasiga köra dehqon xöjaligi boşliği taqdimnomani olgan kundan e'tiboran 15 kun içida ixtiyoriy ravişda öz hisobidan buzib taşlaşi hamda yer uçastkasini oldingi holatga keltirişi şart.
Dehqon xöjaligi öz ixtisoslaşuvini, şu jumladan qişloq xöjaligi ekinlarining turlari va hajmlarini, ularni yetiştiriş hamda agrotexnik tadbirlarni ötkaziş usullarini mustaqil ravişda belgilaydi.
Dehqon xöjaligi özi işlab çiqarayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlariga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib çiqib mustaqil ravişda narxlar belgilaydi.
Davlat dehqon xöjaliklarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilişini kafolatlaydi.
Dehqon xöjaliklari tasarrufida bölgan yer uçastkalari maydonlarini ularning roziligisiz maqbullaştirişga (qisqartirişga, özgartirişga va boşqalarga) yöl qöyilmaydi.













