Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi multimedia markazi taqdim etgan ma'lumotlarga köra, Toşkentning Olmazor tumanida qurilişi davom etayotgan “Islomobod” jome masjidining imom-xatibi Abdulloh Yöldoşev xayrli işga boş qöşuvçilarga qulaylik yaratiş hamda bu yöl bilan qurilişni jadallaştiriş maqsadida öz plastik kartasi körsatilgan e'lonni “Telegram” tarmoğidagi ommabop kanallarga joylaydi.

Oradan ma'lum vaqt ötib, “Kama” nikli foydalanuvçi imom-xatib bilan boğlanadi va pul ötkazişi uçun unga kelgan oltitalik raqam zarurligini bildiradi. Abdulloh Yöldoşev soddalik bilan bu kodni beradi. Tez orada firibgar masjid qurilişi uçun töplangan 33 mln 757 ming söm mablağni yeçib oladi.

Ilojsiz qolgan imom-xatib içki işlarga murojaat qiladi. Tezkor tadbir va qator suriştiruvlar davomida bu işni 2000 yil Toşkent viloyatida tuğilgan Komronbek ismli şaxs sodir etgani aniqlandi va u qölga olindi.

U AQŞda virtual röyxatdan ötkazilgan raqam orqali röyxatdan ötgan va “Kama” niki bilan işonçga kirib, pullarni yeçib olgan. Öz qilmişini u qimorda katta miqdorda yutqazgani bilan izohlagan.

Komronbek Jinoyat işlari böyiça Olmazor tumani sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, iş haqining 20 foizini davlat hisobiga ötkaziş şarti bilan 3 yilga axloq tuzatiş işlariga hukm qilindi.

Markaz xodimi Jamoliddin Nasimovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, sudning yengil jazo berişiga zararning qoplangani sabab bölgan.