Jurnalistlar «Özmilliybank» AJ tasarrufidagi Bank xizmatlarini körsatiş markazi hamda bank tomonidan moliyalaştirilgan loyihalar bilan tanişdi.


«Diyor Cinema» kinoteatri «Özmilliybank» AJ tomonidan ajratilgan 3,5 milliard söm miqdoridagi kredit mablaği evaziga işga tuşirilgan. Jumladan, kinoteatr binosi uçun kerakli asbob-uskunalar xarid qilinib joriy ta'mirdan çiqarilgan. Natijada har biri 50 ta örinli 2 ta kinozal işga tuşirilgan. Ularning biri 3D formatidagi filmlar uçun möljallangan kinozaldir.

Press-tur iştirokçilari Buxoro şahridagi «CARMEN PLUS» MÇJda bölişdi. Ta'kidlaş kerakki, mazkur klinika zamonaviy diagnostika va terapevtik resurslarga, keng tibbiy xizmat turlariga boy, öz işining malakali mutaxassislari faoliyat olib boradigan yuqori texnologik xizmatlarga ega tibbiyot markazi hisoblanadi. Mazkur klinikada nevrologiya, urologiya, otorinolaringologiya, stomatologiya, kardioxirurgiya va boşqa köplab yönalişlardagi 100 ga yaqin malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi.

Aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş maqsadida «Özmilliybank» AJ tomonidan ajratilgan 2 million 533 ming yevro miqdoridagi pul mablağlari evaziga Germaniya, Gollandiya, AQŞ va Xitoy kabi mamlakatlardan MRT, MSKT, raqamli rentgen, raqamli UZI apparati hamda angiograf kabi tibbiy uskunalar sotib olingan.
Bank tomonidan yengil sanoat sohasidagi qator istiqbolli loyihalar ham moliyalaştirilib kelinmoqda.

«Kogon Tex» mas'uliyati çeklangan jamiyati ham «Özmilliybank» AJ bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Mazkur korxonaga ajratilgan 2 million AQŞ dollaridan ortiq miqdoridagi kredit mablağlari evaziga Xitoy davlatidan ip-kalava işlab çiqariş uskunasi sotib olingan. Korxona yillik 3,5 ming tonna ip-kalavani qayta işlaş quvvatiga ega. «Kogon Tex» korxonasining eksport geografiyasi yildan yilga kengaymoqda. Rossiya, Ukraina, Qozoğistonga mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda Polşa va Xitoy davlatlari bilan eksport şartnomalarini imzolaş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.



















