Uçraşuvda Özbekiston bilan Eron örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boşqa sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va ularni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan murakkab şaroitlarga qaramay Özbekiston-Eron munosabatlari izçil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vazir Muhammad Javod Zarif, öz navbatida, samimiy qabul uçun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda iqtisodiy hamkorlik masalalariga, savdo aloqalarini rivojlantiriş va yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga alohida e'tibor qaratildi.

Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalaniş hamda Özbekiston-Turkmaniston-Eron-Ömon transport yölagini rivojlantiriş muhim ekani ta'kidlandi.

Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb jihatlari, şu jumladan mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaş va Afğonistonda tinçlik jarayonini ilgari suriş masalalari muhokama qilindi.

Eron taşqi siyosiy idorasi rahbari Özbekistonning Afğoniston böyiça tinçlik muzokaralariga kömaklaşiş, uşbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb etiş borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.