Moliya vazirining “Özbekiston Respublikasi davlat budjetini tuziş va ijro etiş qoidalari töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruği loyihasi e'lon qilindi.

Nizom Budjet kodeksiga muvofiq Özbekiston Respublikasi davlat budjetini tuziş va ijro etiş qoidalarini belgilaydi.

Davlat budjeti davlat pul mablağlarning markazlaştirilgan jamğarmasi bölib, moliya yili mobaynida daromadlar manbalarini va ularning haqiqiy tuşumlar miqdorini, şuningdek aniq maqsadlarga ajratiladigan mablağlarning sarflaniş yönalişi va miqdorini közda tutadi.

Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:

respublika budjeti;

Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlari.

Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlari va şaharlari budjetlari kiradi.

Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, tegişli viloyatlar tumanlari va şaharlari budjetlari kiradi.

Toşkent şahar mahalliy budjeti tuzilmasiga şahar budjeti va şahar tarkibiga kiruvçi tumanlarning budjetlari kiradi.

Davlat budjetini tuzişda uning daromadlar va xarajatlar yoyilmalari respublika budjeti, Qoraqalpoğiston respublika budjeti, viloyat budjetlari, Toşkent şahar budjeti hamda ularning tumanlar va şaharlar budjetlari daromadlar va xarajatlar yoyilmalari asosida tuziladi.

Davlat budjetining daromadlar va xarajatlar yoyilmalari bir moliya yili muddatiga tuziladi va amal qiladi.

Davlat budjetining daromadlar va xarajatlar yoyilmalari sömda tuziladi.

Davlat budjetining daromadlar va xarajatlar yoyilmalarini şakllantiriş, tasdiqlaş va unga özgartirişlar kiritiş Moliya vazirligi Axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.

Davlat budjetini tuziş jarayonida Davlat budjeti tuzilmasiga kiradigan budjetlar örtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan soliqlar va soliqsiz tuşumlar tarkibi aniqlanadi hamda ularga ajratiladigan daromadlar ajratma miqdorlari belgilanadi.