Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
U-Report so‘rovi: Talabalarning katta qismi ta'lim sifati pastligini korrupsiyaning asosiy omili deb biladi
U-Report oliy ta'lim muassasalaridagi korrupsiya yuzasidan o‘tkazgan so‘rovnomasida respondentlarning 40 foizi ulardan pora berishni talab qilishganini ta'kidladi. Talabalarning 42 foizi korrupsiyaning asosiy omili ta'lim sifatining pastligida deb biladi.
U-Report O‘zbekiston oliy ta'lim tizimidagi korrupsiya yuzasidan o‘tkazgan so‘rovda 5642 nafar talaba qatnashdi, bu barcha respondentlarning 61 foizini tashkil etdi. So‘rov barcha hududlarni qamrab oldi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
2021 yil mart oyida olingan xulosalarga ko‘ra, talabalarning deyarli 40 foizi korrupsiya pul va sovg‘alar berish bilan cheklanib qolmaydi deb hisoblaydi, ular savolda keltirilgan barcha variantlarni korrupsiya deya e'tirof etdi. Respondentlarning 27 foizi korrupsiya deganda faqat naqd pul ko‘rinishida pora berishni tushunadi.
Shuningdek, respondentlarning 40 foizi ulardan pora berish talab qilinganini ta'kidladi. Yuqori bosqich talabalari bunday holatlarga ko‘proq guvoh bo‘lgan. Respondentlarning 19 foizi baho olayotgan chog‘da pora talab qilinganini ta'kidladi. 3-4-bosqich talabalarining 26 foizi aynan sessiya paytida korrupsiyaga duch kelganini bildirgan.
Respondentlarning 1/3 qismidan ko‘prog‘i ulardan hech kim pora talab qilmaganini, lekin bunday holatlar mavjudligini tanishlaridan eshitganini ta'kidladi. 1-2-bosqich talabalari bu variantni boshqalarga nisbatan ko‘proq tanladi (42 foiz).
Talabalarning 27 foizi baho uchun pul berishnigina korrupsiya, deb hisoblaydi.
40 foiz respondentlarning fikriga ko‘ra, talabalar o‘zlari korrupsiya holatlarini keltirib chiqaradi. Yana 23 foizi o‘qituvchilarni va 9 foizi universitet ma'muriyati xodimlarini bunda ayblaydi.
Respondentlarning atigi 18,1 foizi pul bilan birga qimmatbaho sovg‘alar berishni korrupsiya deb biladi.
Respondentlarning deyarli 40 foizi korrupsiya faqat pul va sovg‘alar bilan cheklanib qolmasligini ta'kidladi – aksariyat respondentlar barcha keltirilgan variantlarni korrupsiya deya e'tirof etdi.
OTMlardagi korrupsiyaning asosiy sabablari sifatida quyidagilar keltirildi:
- ta'lim berishdagi past sifat (22 foiz);
- «talabaning dangasaligi» va «shakllangan an'ana» (14 foiz har bir variant uchun);
- «o‘qishga ishtiyoqning yo‘qligi» (12 foiz).
46 foiz talabalar OTM rahbariyati korrupsiyaga qarshi kurashmoqda deb hisoblaydi, 30 foiz respondentlar esa bu haqda hech qanday ma'lumotga ega emas.
Respondentlarning fikriga ko‘ra, oliy ta'lim tizimidagi korrupsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha eng samarali choralar huquqiy savodxonlikni oshirish (21 foiz) va o‘qituvchilarning ish haqini oshirish (20 foiz)dir. Shuningdek, 36 foiz talabalar imtihon qilish uslublariga yangilik kiritish kerak degan fikrda.
Mavzuga oid
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
21:12 / 03.04.2026
O‘zbekiston xorijiy talabalarni ko‘proq jalb etmoqchi
19:02 / 06.03.2026
Jazo o‘tayotgan ayollarga oliygohlarda o‘qish imkoniyati yaratiladi
14:33 / 27.02.2026