8 aprel kuni davlat rahbari boşçiligida tadbirkorlikni rivojlantiriş va joriy yilda aholi bandligini ta'minlaş dasturi ijrosi böyiça videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

«Sergelidagi 70 gektar maydonda xususiy investorlar bilan birga kiçik sanoat-servis va savdo zonasi barpo etilmoqda. Ş.Abdurahmonov, Zaripov, Abdurazzoqov, Bozorov, Turdimov joriy yilda infratuzilma mavjud bölgan 20-50 gektardan maydonda bu kabi savdo va sanoat zonalarini qurişni boşlasin.

Bunday savdo va sanoat zonalarini taşkil etişning asosiy şarti – 1-qavatda savdo va xizmat körsatiş obektlari, yuqori qavatlarda işlab çiqariş quvvatlari joylaştirilişi kerak. Buning uçun, uşbu viloyat hokimlarining iqtisod va investitsiya böyiça örinbosarlari bir hafta muddatda Sergeli tajribasini kelib örganib ketsin», degan davlat rahbari.

Tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada kengaytiriş zarurligi qayd etildi.

«Pandemiya davrida xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş uçun 1 trillion söm ajratilgani hisobidan, 20 mingta yangi iş örinlari yaratildi. Şu bois, Nurmuratov, viloyat hokimlari tijorat banklari rahbarlari bilan birga, joriy yilda oilaviy tadbirkorlikka ajratilayotgan mablağlarning kamida 1 trillion sömini (15 foiz) xizmat körsatiş sohasidagi yangi loyihalarga yönaltirsin.

Şuningdek, joriy yilda Andijon tajribasi asosida, kreditlarning 70 foizini kafolatli iş örni yaratadigan kiçik biznes loyihalariga ajratsin. Qöçqorov ikki hafta muddatda kompensatsiya beriladigan kreditlar foizi miqdorini Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan 1,75 baravarigaça (21 foizdan 24 foizgaça) oşirsin. B.Zohidov, bank rahbarlari joriy yilda tadbirkorlarga aylanma mablağlar uçun 40 trillion söm kredit ajratiş çoralarini körsin», degan prezident.

Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşning qöşimça mexanizmlarini ham kengaytiriş zarurligi qayd etildi. Xususan, intizomli tadbirkorlarga soliqlarning 50 foizini bölib tölaş huquqini beriş tartibi işlab çiqilişi böyiça körsatma berildi.

«Qöçqorov, Kudbiyev bir oy muddatda uç yil davomida soliqlarni öz vaqtida tölagan intizomli tadbirkorlarga soliqlarning 50 foizini bölib-bölib tölaş huquqini beriş tartibini işlab çiqsin. Çunki ular bizga işonarli hamkor. Aylanma mablaği qolsa, qöşimça imkoniyatlar izlaydi.

Qöçqorov, Kudbiyev, Ikramov bir oy muddatda eksport böyiça çet eldan valutasi öz vaqtida kelib tuşmaganligi uçun jarima miqdorini ikki baravarga qisqartiriş taklifini kiritsin.

Bugungi kunda 809ta eksportyorga 708 milliard söm jarima qöllangan. Biz ularni ham töğri tuşunişimiz kerak, ular ataylab qilmayapti. Çet elda ham pandemiya», prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.