Respublika gender komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyeva Termiz şahar IIB maktab öquvçisi zörlanganini 14 oydan buyon yaşirib kelganini qoralab, aybdorlar qonun oldida javob berişiga umid bildirdi.

«Termizlik voyaga yetmagan qiz fojiasi, uni zörlagan kimsaning jazosiz qolayotgani haqidagi xabar jamiyatimizning kuçli ğazabiga sabab böldi va men ularning qaraşlarini butunlay quvvatlayman.

Bu mavzu kötarilganidan xursandman, u şu kabi jinoyatlardan aziyat çekkan qizlarga örnak böladi. Bunday jinoyatlar e'tiborsiz, jazosiz qolmasligi kerak.

Bir yildan ortiq vaqt davomida ota-ona adolat izlab, norasida qizining hayotini sindirgan zöravonni jazolaşni talab qildi.

Jinoyatçini heç qanaqasiga oqlab bölmaganidek, Termiz huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlarini ham umuman oqlab bölmaydi. IIV bu holat yuzasidan suriştiruv-tergov işlarini ötkazişiga va Termiz IIB xodimlari jinoyatni yaşirganligi uçun qonun oldida javob berişiga umid qilaman. Mening fikrimça, bunday odamlar sohada yuzaga kelayotgan adolatsizliklarning asosi va qözğatuvçisidir.

Jinoyatçining mansabi, vakolati va aloqalari heç qanday holatda sud organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning adolatli bölişiga ta'sir körsatmasligi lozim.

Qizçaning ota-onasiga sabr, öziga esa kuç tilayman. Bardam böling, vijdonini yöqotmagan barça siz tomonda!» – deya yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Senator Farhod Boqiyev bergan ma'lumotga köra, bundan 14 oy oldin Termiz şahrida 16 yoşli qizning nomusiga tegilgan, ammo ötgan vaqt davomida ota-onaning qayta-qayta murojaatlariga qaramay şahar IIO FMB aybdorga çora körişni paysalga solib kelmoqda.

Qizni zörlagan yigitning döstlari şahar IIBda işlaşi aytilmoqda. Holat haqida xabar tarqalgaç, Içki işlar vazirligi xizmat tekşiruvi boşladi.

Ta'kidlaş kerakki, nomusga tegiş jinoyati IIB tomonidan yopib yuborilişi holatlari birinçi marta röy bermayapti.

Xususan, xonanda Jasur Umirovning bir guruh şaxslar bilan voyaga yetmagan qizni zörlab, nomusiga tekkani holati ekspertiza xulosalari tasdiqlab turgan bölişiga qaramay, Kattaqörğon tuman IIB xodimlari tomonidan