Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bandligini ta'minlaş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş çora-tadbirlariga bağişlangan videoselektorda Andijon viloyatidagi holatni tanqid qilindi.
Viloyatdagi sanoat korxonalari va klasterlarda yana 7 mingta doimiy vakant iş örinlari borligiga qaramasdan, birinçi çorakda 80 ming işsiz yoşlardan 5 mingga yaqini doimiy işga joylaştirilgan.
«Joriy yilda yoşlarni qöllab-quvvatlaş böyiça oldimizga katta marra va muhim vazifalarni belgilab olganmiz. Yanvar oyida ötkazilgan yiğilişda 2ta ustuvor yönaliş – yoşlarning bandligi va ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş böyiça topşiriqlar berilgan edi.
Bugungi yiğilişda vazirlar, viloyat, tuman va şahar hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar bu borada işlarni qanday taşkil etgani, yarim yillikda, 9 oy va yil yakuniga qadar erişiladigan aniq natijalar yuzasidan hisobot beradilar.
Respublika böyiça 648 ming nafar işsizlar «Yoşlar daftari»ga kiritilgan bölsa, şundan birinçi çorakda 283 ming yoşlarning bandligi ta'minlandi.
Xususan, 175 ming nafar yoşlarga 45 ming gektar yer maydoni ajratildi, 76 ming nafar yoşlar doimiy va jamoat işlariga joylaştirildi, 33 ming nafar yoşlarga tadbirkorlik faoliyati uçun 800 milliard söm kredit, 6 ming nafariga subsidiya ajratilib, bandligiga kömaklaşildi.
Şu bilan birga, yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş maqsadida 36 mingta qöşimça turli tögaraklar taşkil etilib, 874 mingga yaqin yoşlar jalb etildi.
«Beş muhim taşabbus» doirasida 97 mingta madaniyat, sport inventarlari va kompyuterlar, 562 mingta badiiy kitob ta'lim muassasalari, kutubxona va öquv markazlariga yetkazib berildi», degan davlat rahbari.
Şu bilan birga, ayrim rahbarlarning yoşlar masalalariga e'tibori hali ham talab darajasida emasligiga e'tibor qaratildi.
«Misol uçun, Andijon viloyatida 80 ming nafar işsiz yoşlardan, birinçi çorakda 35 ming 600 nafarining bandligi ta'minlangan bölsa, şundan bor-yöği 5 mingga yaqini doimiy işlarga joylaştirilgan, xolos. Vaholanki, bugungi kunda viloyatda sanoat korxonalari va klasterlarda 7 mingta doimiy vakant iş örinlari mavjud.
Jalaquduq, Paxtaobod tumanlari va Xonobod şahrida böş iş örinlariga joylaştirişda kamçiliklarga yöl qöyilmoqda.
Xuddi şu kabi, işsiz yoşlarni kasb va tadbirkorlikka öqitişda ham muammolar bor. Ayniqsa, Kosonsoyda 4,5 ming nafar işsiz yoşlarning 31 nafari, Namangan tumanida 3,6 ming nafardan 47 nafari, Taxtaköpirda 1,3 ming nafardan 45 nafari öqitilgan, xolos.











