«Bir narsani tuşuninglar, yoşlar muammolarini faqatgina Yoşlar agentligi yoki Yoşlar ittifoqining özi hal qiladi, deb öylasak, xato böladi.

Hali oldimizda bu borada öz yeçimini kutayotgan köplab vazifalar turibdi.

Yoşlar bandligini ta'minlaş va ularga munosib daromad olişi uçun şaroit yaratib beriş – eng muhim vazifa hisoblanadi.

Yana bir bor takrorlayman, bu boradagi eng katta imkoniyat va zaxiramiz, bu – tadbirkorlik, ayniqsa, kiçik va örta biznesdir», degan prezident.

Birinçi çorakda 12 ming nafar «yoşlar daftari»ga kirganlarga 255 milliard söm kredit ajratilgani ma'lum qilindi.

«Lekin faqat kredit beriş bilan iş bitmaydi-ku? Yölini qiliş kerak, gazini, svetini ulab beriş kerak. Şaroit yaratib berilsa, yoşlar davlatga kömakçi böladi.

Lekin, ular mustaqil ravişda tadbirkor bölib, oyoqqa tura oladimi, degan savol hokimlar, sektor rahbarlari va sohaga mas'ullarni har kuni öylantirişi kerak.

Misol uçun, joriy yilning ötgan davrida Jondor tumanida 813 nafar yoşlarga kredit ajratilgan. Respublika böyiça örtaça 158 nafar», – deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.