Kuni keça ta'lim muassasamizning iqtidorli, ijodkor talabalaridan tuzilgan guruh “Toşkent-Nasaf” poyezdi orqali Qaşqadaryo viloyatiga jönaşdi. Maqsad Abdulla Oripov tuğilib ösgan manzil va ta'lim olgan maktabda böliş va kengroq tasavvur va taassurotlarga ega bölib qaytişdan iborat. 

Bu harakatni ham Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan keng kölamli faoliyatning uzviy bir qismi deyiş mumkin.

TIQXMMI prorektori R.Çoriyev boşçiligidagi delegatsiyani Qarşi şahrida tayanç institutimizning Qarşi filiali direktori Zarif Muqimov öz jamoasi bilan tantanali tarzda kutib olişdi. Ertasiga jamoa öz faoliyatini şoir nomidagi ijod maktabiga borişdan boşladi. U yerda adib haykali poyiga gulçambar qöyilgaç, şoir hayoti va ijodiga daxldor muzeydagi nodir eksponatlar bilan tanişişdi.

Söngra şoir xotirasiga bağişlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir boşlandi. Unda maktab – internat direktori U.Oripov, professor A.Erkayev, TIQXMMI prorektori R.Çoriyev, şoirning umr yöldoşi H. Mustafoyeva, TIQXMMI matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozovlar sözga çiqişdi. Söngra öquvçi yoşlar iştirokida qiziqarli tadbir boşlandi. Adibning “Jannatga yöl” dramasi asosidagi öquvçi yoşlarning sahnaviy çiqişi barçaga ma'qul keldi. 

Söngra şoir tuğilib ösgan Koson tumanidagi Neköz qişloğiga borildi. U yerda Abdurahim Erkayev, Hanifa Mustafoyeva va Sobir ota Boymirovlarning xotirotlarini tinglaş talabalarga zavq baxş etdi. Keyin şoirning öquvçilik davri keçgan maktabga borildi.

Uning yonginasida yangi qurilgan zamonaviy talablarga javob beradigan ikki qavatli maktabdagi adib hayotiga tegişli muzey bilan tanişiş ança maroqli böldi. Maktab öquvçilarining jonli çiqişlaridan söng tayanç institutning Qarşi filialiga qaytib kelindi. Alohida did bilan bezatilgan oçiq maydondagi sahnada filialimizning hamda biz bilan birgalikda kelgan ijodkor talabalarning qöşiq va raqslari davraga fayz kiritdi.

Ayniqsa, “Quvnoqlar va zukkolar” respublika tanlovlarida yuqori örinlarni zabt etgan taniqli “Tarğibot” şou dasturi guruhining hazilomiz hajvlari, içakuzdi hangomalari e'tiborga molik böldi. Safar yakunida içki turizmning amaldagi ifodasi sifatida “Sayf ul-haq” (haqiqat qiliçi) nomi bilan maşhur bölgan Abul Muin Nasafiy qadamjosi ham ziyorat qilindi.