Yangi kosmoplanga Spaceship Apeiron nomi berildi. Qadimgi yunon tilidan olingan Apeiron sözi «çeksiz» yoki «çegarasiz» degan maʼnoni anglatadi. Nom ommaviy ovoz beriş orqali tanlangan. Unda 83 mamlakatdan minglab odamlar iştirok etgan.
Dastlab Virgin Galactic xodimlari kosmoplan uçun 276 ta nom taklif qilgan. Kompaniya ular orasidan törttasini yakuniy bosqiçga saralab olgan. Ovoz berişda Apeiron varianti Horizon - «Ufq», Explorer - «Tadqiqotçi» va Ascend - «Yuksaliş» nomlarini ortda qoldirgan.
Taqdimot 28-oktabr kuni kompaniyaning Arizona ştatidagi Mesa şahrida joylaşgan işlab çiqariş korxonasida ötkazildi. Şu kuni kosmoplan VMS Eve taşuvçi samolyotiga biriktirilgan holda Nyu-Meksiko ştatidagi «Amerika» kosmodromiga yetkazildi. Bu yer apparatning doimiy bazasiga aylanadi.
Endi muhandislar bort elektronikasi dasturiy taʼminotini sozlaş va tekşiriş işlarini yakunlab, kosmoplanni parvoz sinovlariga tayyorlaydi. Sinovlar muvaffaqiyatli tugagaç, tijoriy parvozlarga ötiş rejalaştirilgan. Kompaniyaning yangilangan maʼlumotiga köra, Apeiron bilan dastlabki yölovçi parvozlari 2027-yilning ikkinçi çoragi boşida amalga oşirilişi kutilmoqda.
Delta turkumi Virgin Galactic’ning avvalgi VSS Unity kosmoplani örnini egallaydi. VSS Unity 2023-yil yozidan 2024-yil yozigaça yettita suborbital parvozni amalga oşirgan. Şundan söng kompaniya mablağ va resurslarini yangi avlod apparatlarini yaratişga yönaltiriş uçun uning parvozlarini töxtatgan edi.
Virgin Galactic yangi kosmoplanlardan ança tez-tez foydalanişni rejalaştirmoqda. Muntazam ekspluatatsiya yölga qöyilgaç, har bir Delta apparati oyiga sakkiz martagaça parvoz qilişi közda tutilgan.
Ayni paytda uşbu turkumdagi ikkinçi kosmoplan ham qurilmoqda. Kompaniya uning tijoriy parvozlarini 2027-yil ikkinçi çoragi oxiri yoki uçinçi çoragi boşida boşlaşni rejalaştirgan.
Yangi apparatlarning işga tuşişini yuzlab bölajak kosmik sayyohlar kutmoqda. Virgin Galactic’ning AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasiga taqdim etgan 2026-yil ikkinçi çoragiga oid hisobotiga köra, avval çipta sotib olgan qariyb 675 kişi hali ham suborbital parvoz uçun navbatda turibdi.
Ularning 100 nafardan ziyodi dastlabki tayyorgarlik bosqiçiga kirişmoqda. Ikkinçi Delta kosmoplani foydalanişga topşirilgaç, boşqa çipta egalari ham tayyorgarlik jarayoniga jalb etilişi kutilmoqda.












