Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidagi 134-maktabga 100 km masofadan borib ingliz tilidan dars beradigan öqituvçi Şohnur Oqqöziyev öquvçisiga «2» baho qöygani sabab uning yaqinlari tomonidan kaltaklangani xabar qilingan edi. Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi uşbu voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
«Millat sifatida qad rostlaş va dunyoning rivojlangan davlatiga aylanişga faqatgina ta'lim sohasini isloh etiş, buning uçun öqituvçilarni jamiyatda eng obröli qatlamga aylantiriş orqaligina erişiş mumkinligini barçamiz bilamiz.
Biroq afsuski hali hamon joylarda öqituvçilarni tahqirlaş, kamsitiş, haqoratlaş hamda ularning faoliyatiga asossiz aralaşiş holatlari uçramoqda. Bugungi kunda Xalq ta'limi vazirligi bu borada öqituvçilarni himoya qiliş pozitsiyasida ekanligini alohida qayd etiş lozim.
Kuni keça Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidagi 134-umumiy örta ta'lim maktabi öqituvçisi Şohnur Oqqöziyevning kasbiy faoliyatiga nisbatan jismoniy tazyiq, hattoki öqituvçining hayotiga bevosita tahdid qilingani, haqoratlangani, ayovsiz ravişda kaltaklanganligi holati yuzaga keldi.
Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi bu kabi köngilsiz voqealarni keskin qoralaşini ma'lum qiladi.
Öz navbatida, vatanimiz ravnaqi va rivoji uçun befarq bölmagan barça jamoatçilik vakillarini jamiyatda öqituvçilarga nisbatan umummilliy hurmat tuyğusini şakllantiriş, kasbiy faoliyatiga aralaşmaslikka çaqiradi.
Zero, bugungi kunda davlatimiz rahbarining özi öqituvçilarning nufuzi va maqomini oşiriş, ularning professional faoliyat bilan şuğullanişlariga köproq şaroit yaratib berişga qaratilgan çoralarni köriş zarurligiga e'tibor qaratib, öqituvçilarning huquqlari davlat himoyasida ekanligini, ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralaşuv javobgarlikka sabab bölişini qayd etgan», deyiladi munosabatda.
Eslatib ötamiz, uşbu holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirgan va hozirgi kunda Çiroqçi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.












