«Bu sohada ham yoşlarimizni yerdan daromadga kirişgaça bölgan davrda «ustoz va şogird» tizimi joriy qilinib, fermer, klaster hamda sektor rahbarlari yoşlarga amaliy yordam körsatişi şart.
Bu borada, respublika böyiça 21ta tumanda 2 mingdan 4,5 ming nafargaça yoşlarga dehqonçilik uçun yer ajratilgan. Amudaryo va Baliqçi – 4 ming nafardan ziyod, Mingbuloq, Yangiyöl, Şahrixon – 3 mingdan, Döstlik, Bekobod, Boğot – 2,5 mingdan ortiq.
Lekin, 20ta tumanda bu körsatkiç 300 nafarga ham yetmaydi. Boysun – 55ta, Qorovulbozor – 102ta, Qiziriq – 120ta, Böstonliq – 150ta, Termiz tumani – 179ta, Samarqand, Ohangaron va Yuqori Çirçiq tumanlari – 205tadan, Yangiobod va Ğuzor – 215tadan, Zangiota va Buxoro tumanlari – 230tadan, Angor, Bandixon va Zafarobod – 260tadan, Quyi Çirçiq, Muborak va Toşkent tumanlari – 265tadan.
Yer berişning özi bilan iş bitmaydi, uni daromad olgunça örgatişimiz kerak. Yer aldovni keçirmaydi», – dedi davlat rahbari.
Yiğilişda iştirok etgan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yuldaşev yoşlarga ajratilgan yerlardagi agrotexnik tadbirlar, kutilayotgan hosil, uning bozori va bu borada kelgusidagi rejalarini tuşuntirdi.
«Yoşlarimizga 1, 0,5, 0,3 gektardan yer bölib berdik. Yana budjetdan taşqari mablağlarimiz hisobiga maktablarning boşlanğiç sinf öquvçilariga autsorsing asosida nonuşta taşkil qildik. Kelgusida bunday maktablar qamrovini kengaytirmoqçimiz», – dedi tuman hokimi.
Prezident bu taşabbusni qöllab-quvvatladi va parrandaçilikni rivojlantiriş hisobiga bolalarga tuxum ham yetkaziş soğlikka foydali ekanligini ta'kidladi.












