Joriy yilda qöşimça 20 minggaça örta tibbiyot va ijtimoiy xodimlar ştati taşkil etilib, qöşimça iş örinlari yaratiladi.
«Joriy yilda soğliqni saqlaş sohasida katta islohotlarni boşladik. Har bir mahalla va xonadonni sifatli tibbiy xizmatlar bilan qamrab oliş uçun malakali örta böğin tibbiyot xodimlarini köpaytiriş zarur bölmoqda.
Birgina «tibbiy brigadalar»ga kamida 7 ming nafar örta tibbiyot xodimlari kerak. Şuning uçun, soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlarimizning davomi sifatida joriy yilda qöşimça 20 minggaça örta tibbiyot va ijtimoiy xodimlar ştatini taşkil etiş hisobiga minglab yoşlar uçun yangi iş örinlari yaratiladi.
Bu budjetga juda katta yuk, lekin men şunga tayyorman. Qiyin, lekin amalga oşiriş zarur. Çunki şunça öqitganlarimiz qayoqqa ketdi? Yillar davomida kollejlarda öqitdik, lekin iş bermadik. Agar vaqtida öşa kollejlarni şifoxonalarga biriktirganimizda, kollejlar salohiyatidan boşqa maqsadda foydalanganimizda muhit butunlay boşqaça bölardi.
Odamlar tibbiyot tizimidan norozi. Musayev, Töyçiyev, Hojiboyev, Işmetov ikki hafta muddatda uşbu topşiriq ijrosini taşkil qilsin», – dedi davlat rahbari.












