O‘zbekiston | 10:39 / 14.04.2021
6130
2 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilda 11ta sement zavodi ishga tushiriladi - «O‘zqurilishmateriallari»

2021 yilda sement ishlab chiqarish prognozi 16,4 mln tonna kutilmoqda. Bu haqda “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yil davomida jami quvvati 8,6 mln tonnaga teng umumiy loyiha qiymati 738,4 mln dollar bo‘lgan 11ta (Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida) yangi sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, yil oxirida sement ishlab chiqarish quvvati 25,3 mln tonnaga yetkazilishi kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, respublika bo‘yicha 2020 yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 12 537,4 ming tonnani tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 114,1 foizga o‘sish ta'minlandi. 

2020 yilda yillik quvvati 1,8 mln tonnaga teng 3ta sement ishlab chiqarish zavodi Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ishga tushirildi. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha sement ishlab chiqarish quvvatlari 20 mln tonnani tashkil etishi aytilgan.

Bundan oldin, O‘zbekistonga sement importi keskin oshgani xabar qilingandi.

2021 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan O‘zbekistonga 528,5 ming tonna sement import qilingan. Bu – o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 354,9 ming tonnaga ko‘p.

Mavzuga oid

E`lonlar